Kuzatuvchi » Siyosiy » KORPORATIV BUYURTMACHILARNING XARIDLARIDA MAHALLIY ISHLAB CHIQARUVCHILARGA TAQDIM ETILGAN IMTIYOZLAR VA PREFERENSIYALAR BEKOR QILINADI

KORPORATIV BUYURTMACHILARNING XARIDLARIDA MAHALLIY ISHLAB CHIQARUVCHILARGA TAQDIM ETILGAN IMTIYOZLAR VA PREFERENSIYALAR BEKOR QILINADI

Farmonga ko'ra, (PF-85-son, 03.06.2024y.https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7480) 2026-yil 1-iyuldan korporativ buyurtmachilar tomonidan amalga oshiriladigan xaridlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga taqdim etilgan imtiyozlar va preferensiyalar, shu jumladan, mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan import tovarlarining DDP (O'zbekiston) narxidan 15 foizdan ko'p bo'lmagan miqdordagi preferensiya hamda mahalliy ishlab chiqarilgan elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlarga nisbatan 20 foizgacha narx preferensiyasi bekor qilinadi.

Davlat xaridlarini amalga oshirishda sog'lom raqobat muhitini ta'minlash maqsadida 2025-yil 1-yanvardan:

byudjet buyurtmachilari tomonidan, shu jumladan, byudjetdan tashqari mablag'lar hisobidan tuziladigan shartnomalar bo'yicha to'lovlar tegishli tartibda g'aznachilik xizmati bo'linmalarida ro'yxatdan o'tkazilgandan (hisobga olingandan) so'ng amalga oshiriladi;

davlat buyurtmachilari bo'lgan davlat boshqaruvi organlari va xo'jalik birlashmalari rahbarlari zimmasiga davlat xaridlarini amalga oshirishda sohaga oid qonunchilik hujjatlariga qat'iy rioya etilishi, shuningdek, davlat xaridlarining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklanadi;

belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlari (ishchi loyiha, ish hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlari) mavjud bo'lmaganda yoki loyiha hujjatlarini tayyorlash qurilish-montaj ishlari bilan parallel ravishda olib borilganda, konsolidatsiyalashgan byudjet mablag'lari va boshqa markazlashgan manbalar, shuningdek, davlat banklari va davlat ishtirokidagi korxonalar hisobidan xarajatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarish taqiqlanadi.

 

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

 

Boshqa maqolalar

KREDIT BITIMINI TUZISH TAQIQLANGAN SHAXSLAR REESTRINI

personmaftuna 23-09-25, 23:56
0 KREDIT BITIMINI TUZISH TAQIQLANGAN SHAXSLAR REESTRINI YURITISH TARTIBI BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasining 20.08.2025-yildagi 522-sonli Hukumat qarori bilan “Jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi...

QANDAY HOLLARDA FUQAROLIK ISHLARI BO’YICHI SUDLARDA DAVLAT

personmaftuna 21-03-25, 16:13
0 QANDAY HOLLARDA FUQAROLIK ISHLARI BO’YICHI SUDLARDA DAVLAT BOJINI TO’LASHDAN OZOD QILISH TARTIBI QO’LLANISHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Da’vogarlar — ish haqini undirish to‘g‘risidagi da’volar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa...

UYNI BUZISHDAN OLDIN MULKDORGA KOMPENSATSIYA TOʻLANADI

personmaftuna 20-09-24, 07:05
0 UYNI BUZISHDAN OLDIN MULKDORGA KOMPENSATSIYA TOʻLANADI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 29.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga...

menu
menu