Qonun telekommunikasiyalar sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Oʻzbekistonda telekommunikasiyalar tarmoqlari ommaviy yoki xususiy mulkda boʻlishi mumkin. Telekommunikasiyalar tarmoqlarining barcha mulkdorlari teng huquqlarga ega boʻladi va qonunda kafolatlangan teng himoyadan foydalanadi. Telekommunikasiyalar tarmoqlari belgilangan maqsadiga koʻra umumiy foydalanishdagi, idoraviy va ajratilgan telekommunikasiyalar tarmoqlariga boʻlinadi. Aloqa liniyasi umumiy foydalanish, idoraviy, ajratilgan, shu jumladan umumdavlat vazifalarini bajaruvchi telekommunikasiyalar tarmoqlarining ajralmas qismidir. Raqamli texnologiyalar vazirligi telekommunikasiyalar sohasidagi vakolatli davlat organidir. Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya telekommunikasiyalar sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organdir. Umumiy foydalanishdagi telekommunikasiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari barcha foydalanuvchilarga belgilangan sifatga ega universal xizmatlarni lisenziya doirasida cheklanmagan tarzda koʻrsatadi. Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.