Kuzatuvchi » Siyosiy » BILIB OLING

BILIB OLING

“Kambag'allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-143-son, 23.09.2024 y.) qabul qilindi. 

Farmonga ko'ra, 2024-yilning qolgan davrida 500 ming, 2025-yilda 1 million nafar aholini kambag'allikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.

Kambag'allikni qisqartirish sohasida erishilgan ijobiy natijalar va to'plangan milliy tajriba hamda ilg'or xalqaro amaliyot asosida har bir fuqaroni o'zi va farzandlari kelajagi uchun mas'uliyat bilan yondashishga undaydigan va salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturi amalga oshiriladi hamda dasturini amalga oshirish bo'yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.

Dastur 2024-yil 1-noyabrdan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kambag'al oilalar uchun yettita imkoniyat va mas'uliyat” tamoyili asosida amalga oshiriladi:

barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish;

ta'lim olish va kasb-hunar o'rganish;

kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish;

ijtimoiy xizmatlardan foydalanish;

yashash sharoitlarini yaxshilash;

davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish;

davlat organlari xodimlari bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilish.

 

Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

PIROTEХNIKANING QONUNGA ХILOF MUOMALASI UCHUN JAVOBGARLIK

personmaftuna 20-09-24, 07:01
0 PIROTEХNIKANING QONUNGA ХILOF MUOMALASI UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 28.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik...

YOQILG‘I-ENERGETIKA SOHASIDA BOZOR MEXANIZMLARINI JORIY

personmaftuna 03-06-24, 19:20
0 YOQILG‘I-ENERGETIKA SOHASIDA BOZOR MEXANIZMLARINI JORIY ETISHNING QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLARI

Iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash, aholi xonadonlarida qayta...

BILASIZMI?

personmaftuna 21-02-24, 06:48
0 BILASIZMI?

Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi: 🔹 tovar kelib...

menu
menu