Kuzatuvchi.uz / BILIB OLING

BILIB OLING

“Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirish shakllari boʻyicha ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (893-son, 27.12.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, quyidagilar tasdiqlandi, jumladan: Oʻzbekiston Respublikasida voyaga etmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik organi toʻgʻrisidagi nizom; Voyaga etmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizom; Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom; Bolalar uylari toʻgʻrisidagi nizom; Mehribonlik uylari toʻgʻrisidagi nizom; Kichik hajmli bolalar uylari toʻgʻrisidagi nizom. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olgan tutingan ota-onalarga har oylik toʻlovlar toʻlash hamda bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan ta'minlash xarajatlari 2025-yildan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga respublika byudjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. 2025-yil 1-fevraldan tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi etim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar masalalari boʻyicha vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyalar faoliyati tugatiladi.

D.AZAMATOVA,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

14-06-2025, 02:28
Saytga qaytish