Kuzatuvchi » Siyosiy » YURIDIK SHAXSLARGA BERILGAN IMTIYOZLARNI BUXGALTERIYA HISOBIDA AKS ETTIRISH TARTIBI BELGILANDI

YURIDIK SHAXSLARGA BERILGAN IMTIYOZLARNI BUXGALTERIYA HISOBIDA AKS ETTIRISH TARTIBI BELGILANDI

“Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona toʻlovlari va yigʻimlar boʻyicha berilgan imtiyozlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi” nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3590, 25.12.2024-y.)

Mazkur Nizom yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona toʻlovlari va yigʻimlar boʻyicha berilgan imtiyozlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini belgilaydi. Tashkilotlarga soliqlar va bojxona imtiyozlari: soliqlar va bojxona imtiyozlari berilishi natijasida boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirish sharti bilan;boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirish sharti nazarda tutilmagan holda beriladi. Boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirish nazarda tutilmagan soliqlar va bojxona imtiyozlari berilganda, tashkilot tomonidan soliqlar, bojxona toʻlovlari va yigʻimlar hisoblanmaydi hamda mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) va boshqa mol-mulkning sotish (xarid) qiymatiga kiritilmaydi.  Soliqlar va bojxona imtiyozlari boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirish sharti bilan berilganda, soliqlar, bojxona toʻlovlari va yigʻimlarni hisoblash amalga oshiriladi.Soliq va bojxona imtiyozlari har bir soliq, bojxona va yigʻim turi boʻyicha moliyaviy hisobotga izohlarda yoritib beriladi.

K.ISMOILOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

XORIJIY INVESTORLAR KENGASHI MAJLISIDA ERISHILGAN

personmaftuna 08-08-25, 01:30
0 XORIJIY INVESTORLAR KENGASHI MAJLISIDA ERISHILGAN KELISHUVLAR IJROSI TA'MINLANADI

“Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi majlisi doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta'minlash...

DAVLAT CHEGARASINI BELGILASH VA O’ZGARTIRISH HAQIDA

personmaftuna 24-03-25, 03:26
0 DAVLAT CHEGARASINI BELGILASH VA O’ZGARTIRISH HAQIDA  HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Davlat chegarasini belgilash va o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston...

PARVARISHGA MUHTOJ FUQAROLARNI MANZILLI IJTIMOIY HIMOYA

personmaftuna 26-12-24, 02:34
0 PARVARISHGA MUHTOJ FUQAROLARNI MANZILLI IJTIMOIY HIMOYA QILISH KUCHAYTIRILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 18.10.2024-yildagi OʻRQ-977-son Qonunni imzoladi, unga muvofiq ayrim qonun...

menu
menu