Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT CHEGARASINI BELGILASH VA O’ZGARTIRISH HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

DAVLAT CHEGARASINI BELGILASH VA O’ZGARTIRISH HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Davlat chegarasini belgilash va o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat chegarasi dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilinadi. Davlat chegarasini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasining va chegaradosh davlatlarning vakillaridan iborat bo‘lgan hukumatlararo komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Hukumatlararo komissiyadagi O‘zbekiston Respublikasi vakillarining tarkibi va ularning faoliyati tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi. Davlat chegarasi quruqlikda — o‘ziga xos nuqtalar, relyefning chiziqlari yoki aniq ko‘rinib turadigan joylar (oriyentirlar) bo‘yicha, kemalar qatnaydigan daryolarda — daryoning bosh farvateri o‘rtasi yoki talvegi bo‘ylab, kemalar qatnamaydigan daryolarda (jilg‘alarda) — ularning o‘rtasi yoki daryo (jilg‘a) asosiy o‘zanining o‘rtasi bo‘ylab, chegara daryolarida, ko‘llarida va boshqa suv havzalarida — Davlat chegarasi ko‘l yoki boshqa suv havzasi qirg‘oqlariga chiqqan joylarni tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziq bo‘yicha. Bunda daryo, jilg‘a, ko‘l yoki boshqa suv havzasi orqali o‘tadigan Davlat chegarasi ular qirg‘oqlarining ko‘rinishi yoki suv sathi o‘zgarganda ham, daryo, jilg‘a oqimi u yoki bu tomonga burilganda ham o‘zgarmaydi, suv omborlarida va boshqa sun’iy suv havzalarida — ular suv bilan to‘ldirilguniga qadar Davlat chegarasining mazkur joydan o‘tgan chizig‘iga muvofiq belgilanadi.

 

   A.BEKCHANOV,

 Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

КРИМИНОГЕН ВАЗИЯТ ОҒИР МАҲАЛЛАЛАР БИЛАН ЯНГИЧА ИШЛАШ

personmaftuna 01-09-25, 02:03
0 КРИМИНОГЕН ВАЗИЯТ ОҒИР МАҲАЛЛАЛАР БИЛАН ЯНГИЧА ИШЛАШ МЕХАНИЗМЛАРИ ЖОРИЙ ЭТИЛАДИ

“2025 йилда республика маҳаллаларида хавфсиз муҳитни яратиш ва ҳуқуқбузарликларнинг барвақт олдини олиш тизими...

HUKUMAT QARORI BILAN AVTOTRANSPORTDA YOʻLOVCHI TASHISH

personmaftuna 13-06-25, 01:07
0 HUKUMAT QARORI BILAN AVTOTRANSPORTDA YOʻLOVCHI TASHISH XIZMATLARI SIFATINI BAHOLASH METODIKASI TASDIQLANDI

Metodika quyidagilarni nazarda tutadi: hududlarning jamoat transporti bilan ta'minlanganlik darajasi koʻrsatkichlarini...

JAMOAT JOYIDA QILISH TAQIQLANGAN 7 TA ASOSIY HARAKAT HAQIDA

personmaftuna 11-12-24, 02:04
0 JAMOAT JOYIDA QILISH TAQIQLANGAN 7 TA ASOSIY HARAKAT HAQIDA BATAFSIL

Shunday harakatlar borki, bizga arzimas va odatiy tuyulsa ham ularni ko‘chada (yoki ijtimoiy obyektlarda) qilish...

menu
menu