HUKUMAT QARORI BILAN AVTOTRANSPORTDA YOʻLOVCHI TASHISH XIZMATLARI SIFATINI BAHOLASH METODIKASI TASDIQLANDI
Metodika quyidagilarni nazarda tutadi: hududlarning jamoat transporti bilan ta'minlanganlik darajasi koʻrsatkichlarini belgilash; hududlarning jamoat transporti bilan ta'minlanganlik darajasini aniqlash; avtotransportda yoʻlovchi tashish xizmatlari sifatini baholash; avtotransportda yoʻlovchi tashish xizmatlari sifati boʻyicha hududlarning reytinglarini belgilash. Shuningdek: ikki yilda bir marta 1-fevralgacha Transport vazirligi tomonidan avtotransportda yoʻlovchi tashish xizmatlari sifatini baholash dasturi tasdiqlanadi; avtotransportda yoʻlovchi tashish xizmatlari sifati boʻyicha hududlarning reytinglari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KRI)ni aniqlashda hisobga olinadi. Transport vazirligi: 2025-yil 1-noyabrgacha joylardagi hokimliklar bilan birgalikda shaharlarning avtotransportda yoʻlovchi tashish xizmatlari sifatini baholaydi; 2025-yil 10-noyabrgacha baholash natijalariga koʻra aholiga transport xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha respublika shaharlarining reytingi e'lon qilinadi.
I.RAXIMBERGANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
КИМЛАР НАВБАТДАГИ МАЖБУРИЙ АТТЕСТАЦИЯГА ЖАЛБ ЭТИЛМАЙДИ?
personmaftuna 27-01-24, 23:36-фан номзоди, фалсафа доктори (Doctor of Philosophy (PhD) ёки фан доктори (Doctor of Science (DSc) даражасига ҳамда...
DAVLAT ORGANLARIGA ONLAYN MUROJAAT QILISH: NIMALARNI BILISH
personmaftuna 02-05-24, 01:14Ortiqcha vaqt va mablag‘ yo‘qotmasdan, uydan chiqmasdan ham davlat tashkilotlariga murojaat qilish mumkin....
ЎРИНДОШЛИК АСОСИДА ИШЛОВЧИ ШАХСЛАР БИЛАН МЕҲНАТ
personmaftuna 08-06-25, 16:19Ўриндошлик асосида ишловчи шахс билан тузилган меҳнат шартномаси Меҳнат Кодексида ва бошқа қонунларда назарда тутилган...