Kuzatuvchi.uz / HUKUMAT QARORI BILAN AVTOTRANSPORTDA YOʻLOVCHI TASHISH XIZMATLARI SIFATINI BAHOLASH METODIKASI TASDIQLANDI

HUKUMAT QARORI BILAN AVTOTRANSPORTDA YOʻLOVCHI TASHISH XIZMATLARI SIFATINI BAHOLASH METODIKASI TASDIQLANDI

Metodika quyidagilarni nazarda tutadi: hududlarning jamoat transporti bilan ta'minlanganlik darajasi koʻrsatkichlarini belgilash; hududlarning jamoat transporti bilan ta'minlanganlik darajasini aniqlash; avtotransportda yoʻlovchi tashish xizmatlari sifatini baholash; avtotransportda yoʻlovchi tashish xizmatlari sifati boʻyicha hududlarning reytinglarini belgilash. Shuningdek: ikki yilda bir marta 1-fevralgacha Transport vazirligi tomonidan avtotransportda yoʻlovchi tashish xizmatlari sifatini baholash dasturi tasdiqlanadi; avtotransportda yoʻlovchi tashish xizmatlari sifati boʻyicha hududlarning reytinglari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KRI)ni aniqlashda hisobga olinadi. Transport vazirligi: 2025-yil 1-noyabrgacha joylardagi hokimliklar bilan birgalikda shaharlarning avtotransportda yoʻlovchi tashish xizmatlari sifatini baholaydi; 2025-yil 10-noyabrgacha baholash natijalariga koʻra aholiga transport xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha respublika shaharlarining reytingi e'lon qilinadi.

I.RAXIMBERGANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Вчера, 01:07
Saytga qaytish