Kuzatuvchi » Siyosiy » PARVARISHGA MUHTOJ FUQAROLARNI MANZILLI IJTIMOIY HIMOYA QILISH KUCHAYTIRILMOQDA

PARVARISHGA MUHTOJ FUQAROLARNI MANZILLI IJTIMOIY HIMOYA QILISH KUCHAYTIRILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 18.10.2024-yildagi OʻRQ-977-son Qonunni imzoladi, unga muvofiq ayrim qonun hujjatlariga ijtimoiy хizmatlar va yordam koʻrsatish tizimlarini takomillashtirish bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

Qonun bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga dafn marosimi uchun nafaqa berish funksiyasini yuklash, uning хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlarini belgilash, shuningdek fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga va ma’muriy sudlarga murojaat qilishda davlat boji toʻlashdan ozod etishga oid bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, hujjatda oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan 80 yoshga toʻlgan keksalarni parvarishlash vaqtini ish stajiga qoʻshib hisoblashda davolash muassasasining хulosasi talab etilmasligi, shuningdek, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslarga shahar yoʻlovchi transportidan bepul foydalanish huquqini berish nazarda tutilmoqda.

“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslarni Oʻzbekiston fuqarosining yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan identifikatsiya ID-kartasi yoki biometrik pasporti almashtirilganda davlat bojini toʻlashdan ozod etishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazlari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaхslarni vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtkazishda davlat boji undirilmaydi. Bundan tashqari, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tomonidan ikkilamchi bozordan sotib olingan uy-joyni ularning nomiga rasmiylashtirganlik uchun notarial harakatlarni amalga oshirishda davlat boji toʻlashdan ozod etiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.10.2024-yildan kuchga kirdi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

Boshqa maqolalar

OZARBAYJON BILAN ENERGETIKA SOHASIDA HAMKORLIK YANADA

personmaftuna 26-03-24, 00:37
0 OZARBAYJON BILAN ENERGETIKA SOHASIDA HAMKORLIK YANADA CHUQURLASHTIRILADI

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (pq-134-son, 19.03.2024 y.) qabul qilindi. Qarorga...

UYNI BUZISHDAN OLDIN MULKDORGA KOMPENSATSIYA TOʻLANADI

personmaftuna 20-09-24, 07:05
0 UYNI BUZISHDAN OLDIN MULKDORGA KOMPENSATSIYA TOʻLANADI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 29.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga...

UY SHAROITIDA TIRIK PILLA YETISHTIRAYOTGANLAR DAROMAD

personmaftuna 16-12-24, 11:17
0 UY SHAROITIDA TIRIK PILLA YETISHTIRAYOTGANLAR DAROMAD SOLIG‘IDAN OZOD QILINADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-1001-son, 15.11.2024-y.) bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritildi. Qonunga...

menu
menu