Kuzatuvchi » Siyosiy » XORIJIY INVESTORLAR KENGASHI MAJLISIDA ERISHILGAN KELISHUVLAR IJROSI TA'MINLANADI

XORIJIY INVESTORLAR KENGASHI MAJLISIDA ERISHILGAN KELISHUVLAR IJROSI TA'MINLANADI

“Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi majlisi doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–226-son, 18.07.2025-y.) qabul qilindi. Qaror bilan Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi O'zbekiston tomonining yangilangan tarkibi tasdiqlandi. Qarorga ko'ra, Kengash kotibiyati nodavlat notijorat tashkilot sifatida tashkil etiladi hamda uning a'zoligiga xalqaro moliya institutlari ham jalb qilinadi. Kengash kotibiyati tomonidan xorijiy investorlar bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlash orqali mamlakatimizda investisiya muhitini yaxshilash bo'yicha takliflar ishlab chiqiladi, shuningdek, loyihalarni amalga oshirish uchun investisiya mablag'larini jalb qilishga ko'maklashiladi. Bundan tashqari, Kengashning davlat organlari va tashkilotlari bilan bog'liq faoliyatini Kengash kotibiyati tomonidan muvofiqlashtirish bo'yicha mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari bilan maslahatlashuvlar tashkil etiladi.

T.DAVLETOV, 

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

ER VA XOTINNING NIKOH DAVOMIDA ORTTIRGAN MOL-MULKLARI

personmaftuna 24-01-24, 03:02
0 ER VA XOTINNING NIKOH DAVOMIDA ORTTIRGAN MOL-MULKLARI ULARNING BIRGALIKDAGI UMUMIY MULKI HISOBLANADIMI?

Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Shunga ko'ra,...

DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVI ORGANLARI FAOLIYATINING

personmaftuna 28-06-24, 16:42
0 DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVI ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGINI TA’MINLASH USULLARI QAYSILAR?

O‘zbekiston Respublikasining “ Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida ”gi...

MAHALLALAR FAOLIYATINI RAGʻBATLANTIRISH JAMGʻARMASI TASHKIL

personmaftuna 01-06-24, 02:19
0 MAHALLALAR FAOLIYATINI RAGʻBATLANTIRISH JAMGʻARMASI TASHKIL ETILADI

Vazirlar Mahkamasining 18.05.2024-yildagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha...

menu
menu