QIMMATLI QOG'OZLAR BOZORIDA HIYLA-NAYRANGNI OLDINI OLISH QOIDALARI BELGILANDI
“Qimmatli qog'ozlar bozorida hiyla-nayrangni oldini olish” qoidalari Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami 3625-son, 27.05.2025 y.).
Mazkur Qoidalar qimmatli qog'ozlar bozorida hiyla-nayrangni oldini olish va unga yo'l qo'ymaslik tartibini belgilaydi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Qoidalarga ko'ra, qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchisi (Ishtirokchi)ga yolg'on (chalg'ituvchi) vaziyatlar yaratish, shu jumladan quyidagilar taqiqlanadi:
-mulkdorning o'zgarishiga olib kelmaydigan bitimni amalga oshirish;
-yolg'on yoki boshqa bozor ishtirokchilarini chalg'itadigan har qanday ma'lumotlarni berish va tarqatish;
-uchinchi shaxslarni qimmatli qog'ozlarni manipulyatorlar uchun qulay narxda sotib olishga (sotishga) undash maqsadida narxlarini sun'iy ravishda oshirishga/pasaytirishga, soxta yoki chalg'ituvchi faol savdo taassurotini uyg'otishga qaratilgan harakatlarni sodir etish.
Qimmatli qog'ozlar savdosining tashkilotchilari va boshqa ishtirokchilar hiyla-nayrang alomatlari mavjud bo'lganda, bu haqda vakolatli organni bitim ro'yxatdan o'tkazilgan paytdan e'tiboran 3 kun ichida xabardor qilishi shart.
Yangibozor tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZATUV KENGASHINING
personmaftuna 28-06-24, 23:42Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida[O‘zbekiston...
MEHNAT HUQUQLARI KAFOLATI
personmaftuna 15-12-24, 23:22Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob...
JOB OFFER NIMA?
personmaftuna 27-06-24, 23:51Job offer (ish taklifi) – ish beruvchining kelgusida xodim bilan tuziladigan mehnat shartnomasining barcha muhim...