Kuzatuvchi » Siyosiy » O‘ZINI O‘ZI BAND QILGAN SHAXSLARNING QANDAY HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI BOR?

O‘ZINI O‘ZI BAND QILGAN SHAXSLARNING QANDAY HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI BOR?

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar – o‘z ishini o‘zi topib, uni o‘zi bajarish orqali daromad ko‘radigan jismoniy shaxslardir. Repetitorlar, enagalar, santexniklar, elektrchilar, sartaroshlar, kurerlar, avtomobil yuvuvchilari, hunarmandlar, farroshlar, tikuvchilar, dasturchilar va yana ko‘plab kasb egalari o‘zini o‘zi band qiluvchilar bo‘lishlari mumkin.

Mamlakatda joriy yil yanvar holatiga ko‘ra 2,5 milliondan ortiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatdan o‘tgan. Shundan 5701 tasi 100 million so‘mgacha, 2715 tasi 100 million so‘m va 200 tasi 1 milliard so‘mdan oshiq yillik daromad ko‘rgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 dekabrdagi “O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilangan.

O‘zini o‘zi band qiluvchi shaxslarning soliq idorasidan ro‘yxatdan o‘tishi uchun to‘lov yo‘q.

Buning uchun ikki yo‘l bilan ro‘yxatdan mumkin:

• Tuman soliq inspeksiyasiga murojaat qilinsa, xodim anketa to‘ldiradi;

• soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti yoki DSQning Soliq mobil ilovasi orqali mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

O‘zini o‘zi band qilganlar boshqa jismoniy shaxslarga og‘zaki kelishuv asosida ish yoki xizmatlarni taqdim etishlari mumkin. Yuridik shaxslar bilan esa ular faqatgina bir martalik ish yoki xizmatni ko‘rsatish uchun yozma shartnoma tuzgan holda ishlashlari mumkin.

O‘zini o‘zi band qilganlar to‘lovlarni har qanday ko‘rinishda: naqd, terminal yoki bank o‘tkazmalari orqali qabul qilishlari mumkin. Ularga oylik yoki yillik daromad bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas.

Soliq organlari xodimi o‘zini o‘zi band qilgan shaxsni ro‘yxatga olayotganda u haqdagi ma’lumotlarni DSQning o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ma’lumotlar bazasiga kiritadi. Mehnat staji hisoblanashi uchun bir yilda bir marta BHMning 1 baravari (bugungi kunda 330 ming so‘m) ijtimoiy soliq to‘lashning o‘zi kifoya qiladi. To‘lovni har qanday to‘lov tizimi orqali amalga oshirish mumkin.

O‘zini o‘zi band qiluvchilar hech qanday sug‘urta va boshqa yig‘imlarni to‘lamaydilar.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

“KFW” BANKI OʻZBEKISTONDA KASB-HUNAR TA’LIMINI

personmaftuna 20-02-25, 10:58
0 “KFW” BANKI OʻZBEKISTONDA KASB-HUNAR TA’LIMINI QOʻLLAB-QUVVATLAYDI

Vazirlar Mahkamasining 20.12.2024-yildagi 864-son "Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati bilan moliyaviy...

ХОТИН-ҚИЗЛАРГА БЕРИЛАДИГАН ИМТИЁЗЛАР ҲАҚИДА ХАБАРДОРМИСИЗ?

personmaftuna 21-03-24, 23:25
0 ХОТИН-ҚИЗЛАРГА БЕРИЛАДИГАН ИМТИЁЗЛАР ҲАҚИДА ХАБАРДОРМИСИЗ?

Ўзбекистон Республикасининг 03.09.1993 йилдаги 938-XII-сон қонунига асосан технологиядаги, ишлаб чиқариш ва меҳнатни...

XORIJGA CHIQISH BIOMETRIK PASPORTINI POCHTA XIZMATI ORQALI

personmaftuna 20-11-24, 01:28
0 XORIJGA CHIQISH BIOMETRIK PASPORTINI POCHTA XIZMATI ORQALI YETKAZIB BERISH XIZMATI YO'LGA QO‘YILADI

Qaror (PQ-380-son, 04.11.2024 - y.) bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi ....

menu
menu