Kuzatuvchi » Siyosiy » OILA VA GENDER ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI TASHKIL ETILDI

OILA VA GENDER ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI TASHKIL ETILDI

“Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–208-son Prezident Farmoni qabul qilindi. 

Farmonga ko‘ra, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining bo‘ysunuvi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi. 

Qo‘mita faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:

Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimi joriy etildi.

Shuningdek, Qo‘mita raisi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimi;

viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarlari – viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari lavozimi;

tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari – tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlari lavozimi kiritildi.

Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.


Boshqa maqolalar

“ХОТИН-ҚИЗЛАР ҲУҚУҚЛАРИ” ОЙЛИГИ МУНОСАБАТИ БИЛАН

personmaftuna 29-03-24, 06:06
0 “ХОТИН-ҚИЗЛАР ҲУҚУҚЛАРИ” ОЙЛИГИ МУНОСАБАТИ БИЛАН

10 та саволга 10 та жавоб 1-савол. Хотин-қизларга тадбиркорликни йўлга қўйиш учун кредат ажратиш тартиби? Жавоб....

SHAХS OʻZI NOMIGA KREDIT RASMIYLASHTIRISHGA TAQIQNI QANDAY

personmaftuna 19-05-25, 11:19
0 SHAХS OʻZI NOMIGA KREDIT RASMIYLASHTIRISHGA TAQIQNI QANDAY OʻRNATISHI MUMKIN?

Prezident tomonidan 04.03.2025 yildagi «Kredit a х boroti almashinuvi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga...

ISH VAQTIDAN TASHQARI ISHNI QO`LLASH TARTIBI QANDAY?

personmaftuna 02-05-24, 00:29
0 ISH VAQTIDAN TASHQARI ISHNI QO`LLASH TARTIBI QANDAY?

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 189-moddasiga ko`ra, ish beruvchi tomonidan xodimni xodim uchun...

menu
menu