Kuzatuvchi » Siyosiy » ISH VAQTIDAN TASHQARI ISHNI QO`LLASH TARTIBI QANDAY?

ISH VAQTIDAN TASHQARI ISHNI QO`LLASH TARTIBI QANDAY?

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 189-moddasiga ko`ra, ish beruvchi tomonidan xodimni xodim uchun belgilangan ish vaqti davomiyligidan tashqari ishga jalb etish ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanishi belgilangan.

Ish vaqtidan tashqari ishning soatlari miqdorini aniqlash tartibi ish vaqtini hisobga olish turiga bog‘liqdir.

Ish vaqti kunlik hisobga olinganda xodim uchun belgilangan har kungi ish (smena) vaqtining davomiyligidan oshadigan ish ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi.

Ish vaqti haftalik hisobga olinganda xodim uchun belgilangan haftalik ish vaqtining davomiyligidan oshadigan ish ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi.

Ish vaqti jamlab hisobga olinganda bir haftadan oshadigan hisobga olish davri uchun xodimga belgilangan ish vaqtining davomiyligidan tashqari ish ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi.

Ish beruvchi tomonidan xodimni uning roziligisiz ish vaqtidan tashqari ishga jalb etishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi:

Ish smenasining davomiyligi 12 soat bo‘lganida, shuningdek mehnat sharoitlari o‘ta zararli va o‘ta xavfli ishlarda ish vaqtidan tashqari ishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, mehnat qonunchiligiga asosan, ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligi xodim uchun surunkasiga 2 kun davomida 4 soatdan (mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan ishlarda — 1 kunda 2 soatdan) va yiliga 120 soatdan oshmasligi kerak.

Ish beruvchi xodimning ish vaqtidan tashqari ishining davomiyligi aniq hisobga olinishini ta’minlashi shart.

 

Xusin ISKANDAROV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

 

Boshqa maqolalar

KRIPTO AKTIVLARINI NOQONUNIY SOTIB OLISH UCHUN MA’MURIY

personmaftuna 21-03-24, 11:40
0 KRIPTO AKTIVLARINI NOQONUNIY SOTIB OLISH UCHUN MA’MURIY JAVOBGARLIK BELGILANDI

19.01.2024-yildagi OʻRQ-899-son qonuni bilan bir qator kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi....

“XAVFLARNI BOSHQARISH” QO‘MITALARI TUZILADI

personmaftuna 23-07-24, 14:41
0 “XAVFLARNI BOSHQARISH” QO‘MITALARI TUZILADI

Farmonga (https://t.me/huquqiyaxborot/16188) muvofiq, 2025-yildan: Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari...

QANDAY HOLLARDA XODIMNI ISHDAN CHETLASHTIRISH MUMKIN?

personmaftuna 01-05-24, 23:51
0 QANDAY HOLLARDA XODIMNI ISHDAN CHETLASHTIRISH MUMKIN?

MUHIM 5 SAVOLGA JAVOB Xodim ishdan chetlashtirilganida uning ish haqi saqlanmaydi, biroq qonunchilikda ayrim istisno...

menu
menu