Kuzatuvchi » Siyosiy » MA’MURIY HUQUQBUZARLIK BOʻYICHA QABUL QILINGAN QARORGA SHIKOYAT BERISH MUDDATI QISQARMOQDA

MA’MURIY HUQUQBUZARLIK BOʻYICHA QABUL QILINGAN QARORGA SHIKOYAT BERISH MUDDATI QISQARMOQDA

Prezident tomonidan 25.12.2023-yildagi “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi O’RQ-884-son qonun imzolandi.

 

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror ustidan apellyatsiya shikoyat berish   muddati ikki baravarga qisqartirilmoqda (20 sutkadan 10 sutkagacha).

 

Ma’muriy huquqbuzarlik boʻyicha apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan qaror ustidan 6 oy ichida  oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida koʻrib chiqish uchun shikoyat keltirish mumkin.

 

Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) bir oygacha boʻlgan muddatda, ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish talab qilib olingan taqdirda esa ikki oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi lozim.

 

Shikoyatni oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha oliy sudning sudyasi oʻz ajrimi bilan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

• sud qarorlarini taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisida;

• shikoyatni ish bilan birga koʻrib chiqish uchun oliy sudning jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga oʻtkazish haqida.

 

Ishni sudda koʻrib chiqishda quyidagi shaхslar ishtirok etishi mumkin:

• ish boʻyicha oʻziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaхs;

• jabrlanuvchi;

• ularning qonuniy vakillari;

• advokat;

• ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ.

 

Ushbu shaхslar sud majlisida bevosita yoхud videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etishi mumkin.

Prokuror tomonidan taftish tartibida protest kiritilgan ishlar boʻyicha bosh prokuror, uning oʻrinbosari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror ishtirok etishi shart.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

1) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz, taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida;

2) apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilish va birinchi instansiya sudining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish haqida;

3) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida;

4) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoхud bekor qilish va yangi qaror qabul qilish haqida;

5) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada oʻzgartirish haqida;

6) taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) qaytarib olingan taqdirda, taftish tartibida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida.

 

Ishni taftish tartibida koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan qaror uzil-kesildir.

 
 
Muhayyo MATKARIMOVA,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

 

 

Boshqa maqolalar

QON TOPSHIRGANDA XODIMLARGA KAFOLATLI TO‘LOVLAR

personmaftuna 15-05-24, 18:49
0 QON TOPSHIRGANDA XODIMLARGA KAFOLATLI TO‘LOVLAR

Mehnat kodeksining 283-moddasida ish beruvchi tibbiy tekshiruvdan o‘tish kunida hamda qon va uning tarkibiy qismlarini...

ЎҚУВЧИЛАРНИНГ ТАЪТИЛ ПАЙТИДАГИ ХАТТИ-ҲАРАКАТЛАРИ УЧУН 100

personmaftuna 30-05-24, 12:41
0 ЎҚУВЧИЛАРНИНГ ТАЪТИЛ ПАЙТИДАГИ ХАТТИ-ҲАРАКАТЛАРИ УЧУН 100 ФОИЗ ОТА-ОНАЛАР ЖАВОБ БЕРАДИ

Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2023 йил 27 июнь кунги 190-сон билан тасдиқланган "Умумий ўрта таълим...

РАДИАЦИЯ ВА ЯДРО ХАВФСИЗЛИГИ ИЛМИЙ-ТЕХНИК МАРКАЗИНИНГ

personmaftuna 30-01-25, 02:29
0 РАДИАЦИЯ ВА ЯДРО ХАВФСИЗЛИГИ ИЛМИЙ-ТЕХНИК МАРКАЗИНИНГ АСОСИЙ ФАОЛИЯТ  ЙЎНАЛИШЛАРИ БЕЛГИЛАНДИ

“Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Саноат, радиация ва ядро хавфсизлиги қўмитаси ҳузуридаги...

menu
menu