Kuzatuvchi » Siyosiy » MAKTABLARDA PEDAGOGIK SINFLAR TASHKIL ETILADI

MAKTABLARDA PEDAGOGIK SINFLAR TASHKIL ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.04.2024-yildagi “Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining oʻquvchilarini pedagog kasbiga maqsadli tayyorlash va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 242-son qarori qabul qilindi.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri hamda har bir viloyatda bittadan umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida 10-11-sinf oʻquvchilarini pedagog kasbiga tizimli tayyorlash uchun pedagogik sinflar tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi.

Maktablarga pedagogika boʻyicha mashgʻulotlarni tashkil etish jarayonlarida tegishli hududdagi pedagogika oliy ta’lim muassasasalari yordam beradi.

Ilgʻor хorijiy tajribalar asosida pedagogik sinflar uchun alohida oʻquv dasturi ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda.

Pedagogik sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga shahodatnoma hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi kasbi boʻyicha ishlash huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogik sinflari tashkil etilgan maktablar va biriktirilgan pedagogika oliy ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga metodik yordam koʻrsatadi.

Hujjat bilan Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida pedagogik sinflarni tashkil etish va bitiruvchilari bandligini ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

pedagogik sinflarni tashkil etish tartibi;

maktablar va pedagogika yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalari hamkorligi;

pedagogik sinflar bitiruvchilariga tegishli kasb boʻyicha ishlash huquqini berish.

 

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

SERTIFIKATI BOR O‘QITUVCHILAR QANCHA USTAMA OLADI?

personmaftuna 24-01-24, 18:22
0 SERTIFIKATI BOR O‘QITUVCHILAR QANCHA USTAMA OLADI?

Umumta’lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga quyidagi tartibda har oylik...

ESKIRGAN UYLAR O‘RNIDA ZAMONAVIY KO‘P QAVATLI UY-JOYLAR

personmaftuna 16-12-24, 11:12
0 ESKIRGAN UYLAR O‘RNIDA ZAMONAVIY KO‘P QAVATLI UY-JOYLAR QURISH UCHUN “RENOVATSIYA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN QABUL QILINISHI MUMKIN

Prezident Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida nutq so‘zladi....

DAVLAT EHTIYOJLARI UCHUN YER AJRATISH TARTIBI

personmaftuna 25-09-24, 00:36
0 DAVLAT EHTIYOJLARI UCHUN YER AJRATISH TARTIBI

«YERELEKTRON» avtomatlashtirilgan axborot tizimi — yer uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib...

menu
menu