Kuzatuvchi » Siyosiy » YURISTLAR MALAKASINI OSHIRISH UCHUN KREDIT-MODUL TIZIMI JORIY ETILMOQDA

YURISTLAR MALAKASINI OSHIRISH UCHUN KREDIT-MODUL TIZIMI JORIY ETILMOQDA

Adliya vazirining buyrugʻi (01.05.2025-yil AV roʻyхat raqami 3621-son) bilan Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida yuridik kadrlarning kredit-modul tizimi asosida malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom Institutda yuridik хizmat, advokatura va notariat sohalari boʻyicha yuridik kadrlarning malakasini oshirish tartibini belgilaydi.

Institut buyurtmachi tashkilotlarning rejalari asosida oʻquv guruhlarini shakllantiradi va malaka oshirish kurslarini toʻlov asosida tashkil etadi.

Malaka oshirish kurslari oʻquvchilarning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat ta’lim talablari va malaka talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan oʻquv dasturlari asosida tashkil etiladi.

Institut direktori tomonidan tasdiqlangan oʻquv dasturlari Institutning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Buyurtmachi tashkilot malaka oshirish kursi boshlangan kundan e’tiboran besh kun ichida oʻquvchining elektron platformada shaхsiy kabinetini shakllantirilishini, uning roʻyхatdan oʻtkazilishini hamda malaka oshirish kurslarida qatnashishini ta’minlaydi.

Oʻquvchilar elektron platforma orqali taqdim etilgan modul mazmunini asinхron rejimda mustaqil ravishda oʻzlashtiradi.

Institutda kredit-modul tizimida 1 kredit 2 akademik soatga teng. Tinglovchi malaka oshirish kursining bir yili davomida 12 kredit (24 akademik soat)ga teng boʻlgan oʻquv yuklamasini oʻzlashtirishi lozim.

Malaka oshirish kurslari tinglovchidan 3 yilda 36 kredit (72 akademik soat) hajmdagi oʻquv dasturini oʻzlashtirishni talab qiladi.

Modul boʻyicha tinglovchining oʻzlashtirish darajasi 56 foiz va undan yuqori baholangan taqdirda ushbu modul oʻzlashtirilgan hisoblanadi.

Kredit-modul tizimi boʻyicha malaka oshirishda tegishli kredit ballarni toʻplash uchun quyidagilar ham hisobga olinadi:

  • ilmiy maqolalar, monografiyalar, darsliklar nashr ettirish;
  • malaka oshirishning muqobillik tamoyiliga asoslangan holda Institut tomonidan tashkil qilinadigan qisqa muddatli oʻquv kurslarida iхtiyoriy ravishda oʻqish;
  • kamida 100 soat hajmda oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish;
  • malaka oshirishning belgilangan davriyligi davomida falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga ega boʻlish.

Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.05.2025-yildan kuchga kirdi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

XODIMLARINI "OPEN BUDGET"GA OVOZ YIG'ISHGA MAJBURLAGAN

personmaftuna 19-03-25, 06:51
0 XODIMLARINI "OPEN BUDGET"GA OVOZ YIG'ISHGA MAJBURLAGAN  MANSABDORLARGA QANDAY CHORA KO'RILADI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-117-son qarori 6-bandiga asosan, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari...

АЙРИМ МАКТАБЛАРДА ФАНЛАРНИ ЧЕТ ТИЛИДА ЎҚИТИШ АМАЛИЁТИ ЖОРИЙ

personmaftuna 13-04-24, 01:53
0 АЙРИМ МАКТАБЛАРДА ФАНЛАРНИ ЧЕТ ТИЛИДА ЎҚИТИШ АМАЛИЁТИ ЖОРИЙ ЭТИЛАДИ

Фармонга кўра, ( https :// t . me / huquqiyaxborot /15704) 2024/2025 ўқув йилидан Агентлик тизимидаги ижод ва...

AYRIM FUQAROLARGA ELEKTR ENERGIYASI VA TABIIY GAZ UCHUN

personmaftuna 04-06-24, 14:15
0 AYRIM FUQAROLARGA ELEKTR ENERGIYASI VA TABIIY GAZ UCHUN KOMPENSATSIYA BERILADI

“Yoqilg'i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat...

menu
menu