Kuzatuvchi » Siyosiy » IJARA SHARTNOMASINI BEKOR QILISH

IJARA SHARTNOMASINI BEKOR QILISH

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi.

Uy-joyni ijaraga oluvchi o‘zi bilan birga doimiy yashaydigan boshqa fuqarolarning roziligi bilan ijaraga beruvchini 3 oy avval yozma ravishda ogohlantirib, istalgan vaqtda ijara shartnomasini bekor qilishga haqli.

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi ijaraga beruvchining talabiga binoan sud tartibida bekor bo‘lishi mumkin, agar shartnomada uzoqroq muddat belgilangan bo‘lmasa, ijaraga oluvchi tomonidan uy-joy uchun olti oy mobaynida, qisqa muddatli ijarada esa shartnomada belgilangan haq to‘lash muddati o‘tganidan keyin ikki martadan ko‘proq haq to‘lanmagan bo‘lsa, ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar bo‘lgan boshqa fuqarolar tomonidan uy-joy vayron qilinsa yoki unga putur yetkazilsa, uy-joydan g‘ayrihuquqiy qilmishlarni sodir etish uchun foydalanilgan bo‘lsa, ijaraga beruvchining talabiga binoan sud tartibida bekor qilinishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kodeksiga binoan, Uy, kvartira mulkdori o‘zi bilan birga yashayotgan voyaga yetgan oila a’zolarining roziligi bilan yoki yuridik shaxsning vakolatli organi qaroriga binoan uyni, kvartirani yoxud ularning bir qismini fuqarolarga va yuridik shaxslarga ijaraga yoki arendaga berishga haqli hisoblanadi.

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish uchun asos bo‘lgan qoidabuzarliklarga barham berish tartibi va muddatlari qonun bilan belgilab qo‘yiladi.

Belgilangan tartibga ko‘ra ijara shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi. Ijara shartnomasini ijaraga beruvchining talabi bilan bekor qilish muayyan asoslarga ko‘ra faqat sud tartibida amalga oshiriladi.

 

 

Ixlosbek ESHCHANOV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

TO'QIMACHILIK VA TIKUV-TRIKOTAJ YO'NALISHIDAGI

personmaftuna 25-06-24, 19:59
0 TO'QIMACHILIK VA TIKUV-TRIKOTAJ YO'NALISHIDAGI TADBIRKORLARDA SOLIQ TEKSHIRUVLARI O'TKAZILMAYDI

“To'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari...

ҲАЙДОВЧИ АВТОМАШИНА СИГНАЛИНИ ХОХЛАГАН ЖОЙДА ЧАЛИШГА ҲАҚЛИ

personmaftuna 23-03-24, 22:40
0 ҲАЙДОВЧИ АВТОМАШИНА СИГНАЛИНИ ХОХЛАГАН ЖОЙДА ЧАЛИШГА ҲАҚЛИ ЭМАС!

Ҳукуматнинг 172-сон қарорига илова қилиб келтирилган "Йўл ҳаракати қоидалари"нинг 48-бандига кўра, ➖ Товушли ишоралар...

DAVLAT ХARIDLARI TIZIMI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

personmaftuna 10-02-25, 01:35
0 DAVLAT ХARIDLARI TIZIMI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

Vazirlar Mahkamasining 20.12.2024-yildagi “2025-2027-yillarda davlat х aridlari tizimini takomillashtirish va...

menu
menu