FAKTORING XIZMATLARI BOZORI RIVOJLANTIRILADI
“Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-109-son, 12.08.2024-y) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) faoliyatini amalga oshiruvchi faktoring tashkilotlari tashkil qilinadi.
Faktoring tashkiloti faoliyati nobank kredit tashkiloti sifatida reyestrga kiritish vositasida Markaziy bankda hisob ro‘yxatidan o‘tgandan keyin amalga oshiriladi.
2025-yil 1-yanvardan quyidagilarga ruxsat etiladi:
mijozning kontragenti norezident bo‘lganda faktoring operatsiyalarini xorijiy valyutada amalga oshirishga;
kredit tashkilotlariga faktoring shartnomalari bo‘yicha sotib olingan pul talabnomalarini qayta sotishga (refaktoring);
pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bo‘yicha taqiqni buzganlik uchun javobgarlik bekor qilinadi;
pul talabnomasidan voz kechish to‘g‘risidagi xabarnomalar garov reyestrida ro‘yxatga olinadi;
qarzdorning roziligisiz pul majburiyatining valyutasi va to‘lov amalga oshiriladigan mamlakat o‘zgartirilishi mumkin emas.
Faktoring xizmatlari elektron platformasi (Faktoring platformasi) joriy qilinadi.
Temur RAJABOV,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
YO‘QOTILGAN EGALIK HUQUQINI TASDIQLOVCHI HUJJATNING DAVLAT
personmaftuna 19-01-24, 19:43Bunda ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishi uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi yoki uning ishonchli vakili...
MEHNAT SHARTNOMASINING QO‘SHIMCHA SHARTLARI
personmaftuna 18-03-24, 01:54Tomonlarning kelishuviga ko‘ra mehnat shartnomasida qo‘shimcha shartlar nazarda tutilishi mumkin. Ular tomonlarning...
БИЛАСИЗМИ?
personmaftuna 27-03-24, 01:05Қонунчиликка кўра, ҳудудий электр тармоқлари корхоналари электр тармоғи хўжалиги объектларининг режали таъмирланиши...