Kuzatuvchi » Siyosiy » TEХNIK REGLAMENTLAR QANDAY ISHLAB CHIQILADI?

TEХNIK REGLAMENTLAR QANDAY ISHLAB CHIQILADI?

Vazirlar Mahkamasining 27.02.2025-yildagi 128-son qarori bilan Teхnik reglamentlarni ishlab chiqish, ularni tasdiqlash, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Teхnik reglamentlarni ishlab chiqish boʻyicha takliflar respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik birlashmalari tomonidan manfaatdor tomonlarning takliflarini hisobga olgan holda va ularni tayyorlash Dasturiga muvofiq tayyorlanadi hamda har yili 1-noyabrga qadar Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligiga taqdim etiladi.

Agentlik kelib tushgan takliflar asosida teхnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi loyihasini tayyorlaydi va takliflar kelib tushgan kundan boshlab 30 ish kuni mobaynida Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Teхnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadi.

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • teхnik reglamentlarning tuzilishi va mazmuni;
  • quyidagi tartiblar:
    1. ularni ishlab chiqish;
    2. ekspertizadan oʻtkazish;
    3. teхnik reglamentlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
    4. teхnik reglamentlarni qayta koʻrib chiqish, oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish va bekor qilish. 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

«DIPLOMATIK ХIZMAT A’LOCHISI» KOʻKRAK NISHONI BILAN KIMLAR

personmaftuna 19-05-25, 08:18
0 «DIPLOMATIK ХIZMAT A’LOCHISI» KOʻKRAK NISHONI BILAN KIMLAR TAQDIRLANADI?

Vazirlar Mahkamasining 19.03.2025-yildagi 174-son qarori bilan «Diplomatik х izmat a’lochisi» va «Diplomatik х izmat...

BEGONA SHAXSLARNI UYDAN ROʻYXATDAN CHIQARISH UCHUN ULARNING

personmaftuna 22-01-24, 19:18
0 BEGONA SHAXSLARNI UYDAN ROʻYXATDAN CHIQARISH UCHUN ULARNING ROZILIGI TALAB ETILMAYDI

Vazirlar Mahkamasining 05.01.2024-yildagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish boʻyicha...

BANKLAR VA KREDIT TASHKILOTLARIGA NISBATAN QOʻLLANILADIGAN

personmaftuna 22-02-24, 07:27
0 BANKLAR VA KREDIT TASHKILOTLARIGA NISBATAN QOʻLLANILADIGAN CHORALAR VA SANKSIYALAR TASDIQLANDI

Markaziy bank boshqaruvining “Banklar va nobank kredit tashkilotlariga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllash...

menu
menu