Kuzatuvchi » Siyosiy » BANKLAR VA KREDIT TASHKILOTLARIGA NISBATAN QOʻLLANILADIGAN CHORALAR VA SANKSIYALAR TASDIQLANDI

BANKLAR VA KREDIT TASHKILOTLARIGA NISBATAN QOʻLLANILADIGAN CHORALAR VA SANKSIYALAR TASDIQLANDI

Markaziy bank boshqaruvining “Banklar va nobank kredit tashkilotlariga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi. 

Nizomga koʻra, chora va sanksiyalarni qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror markaziy bankning bank nazorati qoʻmitasi tomonidan qabul qilinadi.

 

Bunda, quyidagi masalalar boʻyicha qarorlar bank nazorati qoʻmitasining taklifiga asosan markaziy bank boshqaruvi tomonidan qabul qilinadi:

  • Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani chaqirib olish toʻgʻrisida;
  • Nobank kredit tashkilotini tegishli tashkilotlar reyestridan chiqarib tashlash toʻgʻrisida.

 

Aniqlangan qoidabuzarliklar uchun chora va sanksiyalarni qoʻllash muddati mazkur qoidabuzarliklar aniqlangan kundan e’tiboran 6 oydan va ular sodir etilgan kundan boshlab 3 yildan oshmasligi lozim. Qabul qilingan qarordan norozi boʻlinganda u boʻyicha apellyatsiya kengashiga shikoyat keltirish mumkin.

 

Hujjat bilan yoʻnalishlar boʻyicha 12 ta boʻlimdan iborat boʻlgan chora va jarimalar roʻyхati tasdiqlanmoqda. Bank tomonidan ruхsat berilmagan faoliyat bilan shugʻullanganlik uchun 100 mln soʻm miqdorda jarima belgilangan.

 

Muhayyo MATKARIMOVA,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

АЙБСИЗ ОДАМНИ ЖИНОИЙ ЖАВОБГАРЛИККА ТОРТГАН ШАХСЛАРНИНГ

personmaftuna 30-09-24, 16:55
0 АЙБСИЗ ОДАМНИ ЖИНОИЙ ЖАВОБГАРЛИККА ТОРТГАН ШАХСЛАРНИНГ ЎЗЛАРИ ЖАВОБГАРЛИККА ТОРТИЛАДИ !

Жиноят кодексининг 230-моддасига кўра, суриштирувчи, терговчи ёки прокурор томонидан айбсизлиги аён бўлган шахсни...

XIZMAT TEKSHIRUVI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ?

personmaftuna 19-05-24, 17:56
0 XIZMAT TEKSHIRUVI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ?

Xizmat tekshiruvi xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligi faktini, uning sodir etilishida xodimning aybini,...

SUD-EKSPERTLIK FAOLIYATI RAQAMLASHTIRILADI

personmaftuna 16-09-25, 23:06
0 SUD-EKSPERTLIK FAOLIYATI RAQAMLASHTIRILADI

“Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish...

menu
menu