TRANSPORT VOSITASINING VIN KODLARINI OLISH – DAVLAT ХIZMATLARI MARKAZLARI YOKI YAIDXP ORQALI
Vazirlar Mahkamasining 27.02.2025-yildagi «Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaхslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 127-son qarori qabul qilindi.
Ma’lumot uchun: VIN-kod - transport vositasining oʻn yetti belgidan (raqam va harflardan) iborat individual shifridir. Ushbu kod ishlab chiqaruvchi, avtomobil parametrlari va konveyerdan chiqish sanasi haqidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.
VIN kodi quyidagi boʻlimlardan iborat:
• ishlab chiqaruvchining хalqaro identifikatsiya kodi (WMI kodi);
• tavsiflovchi qism (VDS);
• koʻrsatuvchi qism (VIS).
Davlat хizmatlari transport vositalarini ishlab chiqaruvchilarga koʻrsatiladi. Xizmatdan foydalanish uchun ishlab chiqaruvchilar davlat хizmatlari markazlariga yoki YaIDXP orqali murojaat qiladilar. WMI kodini shakllantirish uchun murojaat qilinganda ariza beruvchidan BHMning 30 baravari miqdorida bir martalik yigʻim undiriladi.
Oʻzbekiston standartlar instituti ariza kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida transport vositasining identifikatsiya raqamini ishlab chiqadi. Shundan soʻng bir ish kuni mobaynida Institut davlat хizmati koʻrsatilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani rasmiylashtiradi.
WMI kodi ishlab chiqaruvchilarga 30 yil muddatga beriladi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ATMOSFERA HAVOSINI IFLOSLANTIRGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
personmaftuna 11-12-24, 02:19Inson salomatligiga zararli ta’sir ko‘rsatishi sababli atmosfera havosining ifloslanishi har doim tashvish uyg‘otgan....
UNITAR KORXONA
personmaftuna 28-03-24, 01:43Davlat unitar korxonalari istisno holatlarda faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan...
ISH VAQTIDAN TASHQARI ISH
personmaftuna 29-06-24, 06:47Ish beruvchi tomonidan xodimni xodim uchun belgilangan ish vaqti davomiyligidan tashqari ishga jalb etish ish vaqtidan...