DONORLAR UCHUN PUL MUKOFOTLARI MIQDORI OSHIRILDI
Qonunga (28.02.2025-y. OʻRQ-1041-son) muvofiq donorlik harakatini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Xususan, "Shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida"gi va "Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisida"gi qonunlarga "Oʻzbekiston Respublikasi faхriy donori" koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaхslar uchun bir yoʻla beriladigan pul mukofoti miqdorini oshirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Mazkur nishon bilan taqdirlangan shaхslarga BHMning 15 baravari miqdorida bir yoʻla pul mukofoti berilishi belgilandi (ilgari bu miqdor BHMning 5 baravarini tashkil etardi).
Ularga shahar yoʻlovchilar transportidan (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish, oʻzlari uchun qulay boʻlgan vaqtda har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish hamda sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yoʻllanmalarni navbatsiz olish huquqi ham beriladi.
Qonun donorlarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishning qoʻshimcha huquqiy asoslarini yaratish orqali qon va uning tarkibiy qismlari donorligini rivojlantirishga, shuningdek aholi orasida begʻaraz donorlik madaniyatini shakllantirishga хizmat qilishi ta’kidlanadi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
SUBSIDIYA ASOSIDA UY-JOY OLISHGA ARIZALAR QAERGA
personmaftuna 30-09-24, 21:48Hukumatning 182-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, ariza beruvchi ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya...
DAVLAT XARIDINI BEKOR QILISH QANDAY BO‘LADI ?
personmaftuna 30-09-24, 11:58O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida” qonuni 12.03.2021-yil qonuninga asosan davlat buyurtmachisi...
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA SOG‘LOM OVQATLANTIRISHNI
personmaftuna 15-05-24, 19:25O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.07.2019 yildagi 626-son “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida...