Kuzatuvchi » Siyosiy » ISH VAQTIDAN TASHQARI ISH

ISH VAQTIDAN TASHQARI ISH

Ish beruvchi tomonidan xodimni xodim uchun belgilangan ish vaqti davomiyligidan tashqari ishga jalb etish ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi.

Ish vaqtidan tashqari ishning soatlari miqdorini aniqlash tartibi ish vaqtini hisobga olish turiga bog‘liqdir.

Ish vaqti kunlik hisobga olinganda xodim uchun belgilangan har kungi ish (smena) vaqtining davomiyligidan oshadigan ish ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi.

Ish vaqti haftalik hisobga olinganda xodim uchun belgilangan haftalik ish vaqtining davomiyligidan oshadigan ish ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi.

Ish vaqti jamlab hisobga olinganda bir haftadan oshadigan hisobga olish davri uchun xodimga belgilangan ish vaqtining davomiyligidan tashqari ish ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi.

Ish beruvchi tomonidan xodimni uning roziligisiz ish vaqtidan tashqari ishga jalb etishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi:

Ish smenasining davomiyligi 12 soat bo‘lganida, shuningdek mehnat sharoitlari o‘ta zararli va o‘ta xavfli ishlarda ish vaqtidan tashqari ishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligi xodim uchun surunkasiga 2 kun davomida 4 soatdan (mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan ishlarda — 1 kunda 2 soatdan) va yiliga 120 soatdan oshmasligi kerak.

Ish beruvchi xodimning ish vaqtidan tashqari ishining davomiyligi aniq hisobga olinishini ta’minlashi shart.

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.


 

 

Boshqa maqolalar

БИЛАСИЗМИ?

personmaftuna 29-03-24, 06:49
0 БИЛАСИЗМИ?

“Муҳтож шахсларни протез-ортопедия мосламалари ва реабилитация қилишнинг техник воситалари билан таъминлаш тизимини...

KASBIGA NISBATAN SOVUQQONLIK JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

personmaftuna 17-12-24, 11:38
0 KASBIGA NISBATAN SOVUQQONLIK JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

Shaxsning o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan o‘z...

QQS SUMMASI OʻRNINI QOPLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA

personmaftuna 19-05-25, 10:22
0 QQS SUMMASI OʻRNINI QOPLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISH KIRITILDI

Vazirlar Mahkamasining 11.03.2025-yildagi «Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi...

menu
menu