Kuzatuvchi » Siyosiy » ATMOSFERA HAVOSINI IFLOSLANTIRGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

ATMOSFERA HAVOSINI IFLOSLANTIRGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

Inson salomatligiga zararli ta’sir ko‘rsatishi sababli atmosfera havosining ifloslanishi har doim tashvish uyg‘otgan. Qayd etish lozimki, Toshkent tumani hududida atmosfera havosining ifloslanish darajasini kamaytirish va ifloslantiruvchi gazlarning belgilangan me’yordan ortib ketishi sabablarini aniqlash, aholi salomatligini saqlash, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash, tahlil qilish va ularga nisbatan chora ko‘rish maqsadida o‘rganish o‘tkazilgan.  

Unda Toshkent shahri va Toshkent viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan Toshkent halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab 9 ta nuqtadan havoning ifloslanishi bo‘yicha ko‘chma laboratoriya orqali “Eshonguzar” aholi yashash punktidan Toshkent pediatriya tibbiyot institutigacha bo‘lgan hududda havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha tahlillar o‘tkazildi va ifloslantiruvchi moddalar miqdori ortib ketgani ma’lum bo‘lgan.  

Qonunchilikda atmosfera havosini ifloslantirganlik uchun javobgarlik belgilangan.

Dala va aholi punktlarida ang‘iz, xazon va shox-shabbalarni yoki o‘simliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish, atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirishga olib kelsa, fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

IQTISODIYOT TARMOQLARIDA KOSMIK MONITORING QANDAY

personmaftuna 20-02-25, 11:38
0 IQTISODIYOT TARMOQLARIDA KOSMIK MONITORING QANDAY OʻTKAZILADI?

O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidentning 14.10.2024-yildagi “2024-2026-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik te...

YOSHLARGA YER MAYDONLARI QANDAY AJRATILADI?

personmaftuna 04-05-24, 12:08
0 YOSHLARGA YER MAYDONLARI QANDAY AJRATILADI?

O‘zbeiston Respublikasi Prezidentining 05.04.2024-yildagi PQ-153-son li “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning...

PENSIYAGA CHIQISHDA ISH STAJI BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR

personmaftuna 10-12-24, 11:30
0 PENSIYAGA CHIQISHDA ISH STAJI BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR BO‘LMASLIGI UCHUN NIMA QILISH KERAK?

Bugungi kunda ba’zi holatlarda pensiya yoshiga yetgan fuqarolar pensiya tayinlanishi uchun murojaat qilganlarida ish...

menu
menu