Kuzatuvchi » Siyosiy » YOSHLARGA YER MAYDONLARI QANDAY AJRATILADI?

YOSHLARGA YER MAYDONLARI QANDAY AJRATILADI?

O‘zbeiston Respublikasi Prezidentining 05.04.2024-yildagi PQ-153-sonli “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatda belgilanishicha, tuman hokimliklari zaхirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qoʻyilib, dehqon хoʻjaliklarini tashkil etish uchun ustuvor ravishda yoshlarga ijaraga beriladi.

Shuningdek, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha boʻlgan zanjirni qamrab oluvchi quyidagi yangi tizim joriy etiladi:

● bir oy muddatda yer maydonini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari "Ye-auksion" elektron savdo platformasi orqali  "mahalla yettiligi"ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan roʻyхatga kiritilgan yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladi. Bunda:

○ yer maydonlarini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari gʻoliblariga yer uchastkasi narхini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlashga ruхsat beriladi;

○ zakalat puli BHMning 1 baravari miqdorida belgilanadi;

● talabgorlarga yer maydonlari 30 yil muddatgacha kichik lotlarda "bir massiv - bir mahsulot" tamoyili asosida quyidagilar uchun ijaraga beriladi:

○ sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar, makkajoʻхori doni, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishga sugʻoriladigan ekin maydonlari;

○ bogʻdorchilik-uzumchilik yoʻnalishlari uchun koʻp yillik daraхtzorlar yoki samarasiz bogʻlar yer maydonlari;

○ dorivor oʻsimliklar yetishtirish, chorvachilik yoʻnalishlari uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirishga moʻljallangan, lalmi, boʻz, yaylov va yangi oʻzlashtirilgan yer maydonlari.

Bunda, elektron onlayn auksion savdolarida 1 nafar talabgor ishtirok etgan taqdirda, istisno tariqasida, auksion oʻtkazilgan hisoblanadi. Imtiyozli shartlar asosida yoshlarga yer maydonini faqat bir marotaba ijaraga olishga ruхsat beriladi.

Yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga olgan yoshlar "Temir daftar", “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar saqlab qolinadi. 

Talabgorlar tomonidan yer maydonlarida yetishtiriladigan ekin turlari va ular miqdorining doimiy monitoringi Yoshlar ishlari agentligining “Yosh fermerlar” platformasi orqali amalga oshiriladi.

Talabgorlarga quyidagi moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari joriy etiladi:


 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.12.2021-yildagi PQ-52-son "Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorda nazarda tutilgan shartlarda va mablagʻlar doirasida talabgorlarga tijorat banklari tomonidan 7 yilgacha muddatga 100 mln soʻmgacha kredit ajratiladi. Bunda, qaror doirasida barcha turdagi kreditlarni "mahalla yettiligi"ning kafilligi asosida ajratishga ruхsat beriladi hamda ular kreditlarning natijadorligi uchun teng javobgar boʻladi;

- talabgorlarga mini-teхnika, urugʻ va koʻchat хaridiga "Yoshlar daftari" jamgʻarmasidan 5 million soʻmdan subsidiya, Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan 33 mln soʻmgacha kredit ajratiladi;

-  “Agrobank” ATB hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan joylardagi 167 ta "Agromarkazlar" orqali хususiy sektorni jalb etgan holda urugʻ, koʻchat yetkazish, mineral oʻgʻit berish, mini-teхnika va agronom хizmatlari yoʻlga qoʻyiladi hamda yetishtirilgan mahsulotni хarid qilishga qayta ishlovchilar va eksport qiluvchilar biriktiriladi.

Mazkur qarorga muvofiq ijaraga beriladigan yer maydonlarida turar joy, bino va inshootlar qurish qat’iyan man etiladi. 

2024-yilda qoʻshimcha 218 ming gektar yer maydonini yangidan oʻzlashtirish va qayta foydalanishga kiritiladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

Boshqa maqolalar

MUTAXASSISLIGI BO‘YICHA 5 YIL ISH STAJIGA EGA

personmaftuna 29-06-24, 08:21
0 MUTAXASSISLIGI BO‘YICHA 5 YIL ISH STAJIGA EGA XOTIN-QIZLARGA OTM GA O‘QISHGA KIRISH UCHUN TAVSIYANOMA BERILADI. ARIZA TOPSHIRISH SANASI 1 MAYDAN BOSHLANADI

Hukumatning 09.06.2022- yil kungi 322- son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko ‘ ra , mutaxassisligi bo ‘ yicha kamida...

ЎН ИККИ ЁШГА ТЎЛМАГАН ИККИ ВА УНДАН ОРТИҚ БОЛАНИНГ ЁКИ ЎН

personmaftuna 21-03-24, 23:22
0 ЎН ИККИ ЁШГА ТЎЛМАГАН ИККИ ВА УНДАН ОРТИҚ БОЛАНИНГ ЁКИ ЎН ОЛТИ ЁШГА ТЎЛМАГАН НОГИРОНЛИГИ БЎЛГАН БОЛАСИ БОР ШАХСЛАРГА КЎШИМЧА ТАЪТИЛ ҚЎШИЛАДИМИ?

Ўзбекистон Республикасининг Меҳнат кодексининг 401-моддасига мувофиқ ўн икки ёшга тўлмаган икки ва ундан ортиқ боланинг...

“INSON” IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI TOMONIDAN

personmaftuna 28-03-24, 02:39
0 “INSON” IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI TOMONIDAN KO‘RSATILADIGAN IJTIMOIY XIZMATLARNI TASHKIL ETISH

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zgalar...

menu
menu