Kuzatuvchi » Siyosiy » BEGONA SHAXSLARNI UYDAN ROʻYXATDAN CHIQARISH UCHUN ULARNING ROZILIGI TALAB ETILMAYDI

BEGONA SHAXSLARNI UYDAN ROʻYXATDAN CHIQARISH UCHUN ULARNING ROZILIGI TALAB ETILMAYDI

Vazirlar Mahkamasining 05.01.2024-yildagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 9-son Qarori qabul qilindi.

Turar joyga nisbatan mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga ega boʻlmagan shaxslarni ushbu turar joydan doimiy roʻyxatdan chiqarish uchun ularning roziligini olish bekor qilinmoqda (bundan taraflar oʻrtasida boshqacha kelishuv tuzilgan holatlar mustasno). 

Shuningdek, Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahriri tasdiqlandi.

Respublika kompensatsiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni qoplash uchun foydalaniladi.

Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari mablagʻlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi:

yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni qoplash;

jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan quyidagi zararlarni (keyingi oʻrinlarda – mulkiy va maʼnaviy zarar) qoplash:

koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan hududlarning davlat reyestriga noqonuniy yodi haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarning kiritilishi natijasida ularga ishonib harakat qilgan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlar;

davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va xizmatchilarining qonunga xilof deb topilgan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan va sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan zararlar;

tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning qonunga xilof deb topilgan harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zarar va maʼnaviy ziyonlar;

turar joy insofli egallovchidan qonunchilikda belgilangan tartibda talab qilib olinishiga yoʻl qoʻyilmasligi natijasida mulkdorga yetkazilgan zarar. 

Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni qoplab berish sxemasi quyidagicha: 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari – jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati asosida yoki oʻz tashabbusiga koʻra tegishli hujjatlarni respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar kuzatuv kengashiga (keyingi oʻrinlarda – kuzatuv kengashlari) murojaat qiladi;

kuzatuv kengashlari 3 ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplanishini moliyalashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari 3 ish kuni mobaynida yetkazilgan zararlarni qoplab beradi. 

Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy va maʼnaviy zararlarni qoplash uchun jismoniy va yuridik shaxslar ariza, sud qarori va boshqa tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Qoraqolpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga murojaat qiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 10-yanvar 2024-yildan kuchga kirdi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

 

Boshqa maqolalar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIGINI TUG‘ILGANLIK

personmaftuna 14-06-24, 02:16
0 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIGINI TUG‘ILGANLIK BO‘YICHA OLISH

Bola o‘zining tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, agar tug‘ilgan paytida: ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston...

QAYTA TAYYORLASH VA MALAKA OSHIRISHNING TURLARI VA SHAKLLARI

personmaftuna 26-09-24, 02:07
0 QAYTA TAYYORLASH VA MALAKA OSHIRISHNING TURLARI VA SHAKLLARI

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1026-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining...

OʻQITUVCHILARNI ATTESTATSIYADAN OʻTKAZISH: KIMLARGA

personmaftuna 01-05-24, 10:40
0 OʻQITUVCHILARNI ATTESTATSIYADAN OʻTKAZISH:  KIMLARGA IMTIYOZ BERILGAN?

MUHIM 6 QOIDA Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabariga koʻra bogʻchalar, maktablar oʻqituvchilari uchun...

menu
menu