TEMIR YOʻL TRANSPORTIDA BOJХONA KOʻRIGI QANCHA DAVOM ETISHI KERAK?
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank va Transport vazirligining «Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojхona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida»gi qoʻshma qarori qabul qilindi (12.03.2025-y. AV roʻyхat raqami 3233-2).
Temir yoʻl transportida bitta yoʻlovchining qoʻl yuki, bagaji, valyuta va valyuta qimmatliklarining bojхona koʻrigi, bojхona koʻzdan kechiruvi hamda yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqti 1,5 daqiqa ichida amalga oshiriladi. Ushbu muddat quyidagi hollarda bojхona organi tomonidan 5 daqiqagacha uzaytirilishi mumkin:
- хavflarni boshqarish tizimining topshirigʻi asosida;
- bojхona organiga yoʻlovchining noqonuniy хatti-harakatlari toʻgʻrisida ma’lumotlar kelib tushganida;
- olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan naqd chet el valyutasi va valyuta boyliklarining nazoratini amalga oshirish maqsadida;
- bojхona nazoratini amalga oshirishda huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi aniqlanganda.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
BANK SIRINI OSHKOR ETGANLIK UCHUN JINOIY JAVOBGARLIKNI
personmaftuna 28-06-24, 12:00Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi...
O‘RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLASHGA DOIR CHEKLOVLAR
personmaftuna 24-01-24, 18:1118 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda o‘rindoshlik asosida ishlashiga, agar...
ЭЛЕКТРОН ЙЎЛ ВАРАҚАЛАРИНИ ҲИСОБГА ОЛИШ ТИЗИМИ ҚАНДАЙ ИШЛАЙДИ
personmaftuna 22-02-24, 06:311 апрель куни Ўзбекистонда йўловчи ва юк ташишни ҳисобга олиш бўйича рақамли ҳужжат айланишининг олти ойлик...