Kuzatuvchi » Siyosiy » UMUMIY O‘RTA TAʼLIM OLISHNING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI

UMUMIY O‘RTA TAʼLIM OLISHNING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI

Mamlakatimizdagi taʼlim turlari tizimida umumiy o‘rta taʼlim markaziy o‘rinni egallaydi. Maktab har bir insonning barkamol va bilimli shaxs bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyatga ega.

Yangilangan Konstitutsiyamizning 50-moddasida davlat bepul umumiy o‘rta taʼlim olishni kafolatlashi bilan birgalikda umumiy o‘rta taʼlim majburiy ekanligi haqida norma belgilandi.

Mazkur yangi normaning ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

birinchidan, intellektual avlod asri bo‘lgan XXI asrda ilm-maʼrifatsiz har qanday jamiyat, iqtisodiyot barqaror rivojlana olmaydi. Shu sababli, har bir insonning taʼlim olish huquqini taʼminlash oila, jamiyat va davlatga muayyan majburiyatlarni yuklaydi;

ikkinchidan, O‘zbekiston tomonidan imzolangan ko‘plab xalqaro hujjatlarda umumiy o‘rta taʼlim majburiy ekanligi belgilangan. Xususan, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 26-moddasida boshlang‘ich taʼlim majburiy bo‘lishi belgilangan. Zero, umumiy o‘rta taʼlimning majburiyligini belgilash orqali aholining savodlilik darajasini yuksaltirish jahonda tan olingan usuldir;

uchinchidan, maktabda o‘qishning majburiy ekanligini bajarmaganlik uchun qonunchiligimizda ota-onalar uchun javobgarlik belgilangan. Xususan, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasida bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar uchun maʼmuriy javobgarlik nazarda tutilgan. Bu voyaga yetmaganlarning o‘z vaqtida va sifatli taʼlim olishlarini, ota-onalarning taʼlimga oid majburiyatini taʼminlashga qaratilgandir. Shuningdek, taʼlim oluvchilar, ularning ota-onalari va yaqinlarining masʼuliyatini oshirish bilan birga, ertamiz egalari bo‘lgan yoshlarning maktabda puxta bilim olib, hayotda o‘z o‘rnini topib el-yurt koriga yaraydigan munosib farzand bo‘lib yetishishi uchun muhim huquqiy kafolat bo‘lib hisoblanadi.

R.EGAMBERDIYEV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

МАЪРИФИЙ ФАОЛИЯТНИ АМАЛГА ОШИРИШ ТАРТИБИ БЕЛГИЛАНДИ

personmaftuna 25-08-25, 02:49
0 МАЪРИФИЙ ФАОЛИЯТНИ АМАЛГА ОШИРИШ ТАРТИБИ БЕЛГИЛАНДИ

Ҳукумат қарори (76-сон, 11.02.2025 й.) билан “Маърифий фаолиятни амалга ошириш тартиби тўғрисида”ги низом тасдиқланди....

VOYAGA YETMAGAN BOLANI XORIJGA OLIB CHIQISHDA QAYSI HOLATDA

personmaftuna 19-09-24, 00:32
0 VOYAGA YETMAGAN BOLANI XORIJGA OLIB CHIQISHDA QAYSI HOLATDA OTA-ONADAN BIRINING ROZILIGI TALAB ETILMAYDI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston...

BOLALAR UCHUN KUNDUZGI PARVARISH ХIZMATI QANDAY TASHKIL

personmaftuna 19-05-25, 23:26
0 BOLALAR UCHUN KUNDUZGI PARVARISH ХIZMATI QANDAY TASHKIL QILINADI?

Vazirlar Mahkamasining 27.02.2025-yildagi "Nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish х izmatini tashkil...

menu
menu