Kuzatuvchi » Siyosiy » SPORT SOHASI RIVOJLANMOQDA

SPORT SOHASI RIVOJLANMOQDA

Karate (WKF) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida”gi Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-noyabrda PQ-356-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga kora, 2023–2026 - yillarda karate (WKF) sport turini rivojlantirishning asosiy yonalishlari belgilandi. Jumladan:

-aholining barcha qatlamlari karate bilan shugullanishi uchun hududlarda “Karate hamma uchun” dasturi amalga oshiriladi;

-bogchalarda “Kids karate” (kids karate) loyihasi ishga tushiriladi. 

Qaror bilan O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi O‘zbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi etib qayta tashkil qilinib, joylarda uning hududiy bo‘linmalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 

Shuningdek, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida parakarateni rivojlantirish uchun O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tuzilmasida parakarate boʼlimi tashkil etiladi.

2023–2026 yillarda O‘zbekistonda karate (WKF) bilan doimiy shug‘ullanuvchilar sonini 55 ming nafarga yetkazish (jumladan, joriy yilda 40 ming nafar) nazarda tutilgan.

2024-yildan boshlab har yili: 

• respublikaning barcha hududlarida 7 oktyabr kuni – Butunjahon karate kuniga bagishlangan Karate festivali;

 karate va parakarate boyicha nufuzli “Uzbekistan Open” xalqaro turniri;

 belgilangan yosh toifalari boyicha uch bosqichli (tuman/shahar, hududiy va respublika) chempionatlar va kuboklar;

 karate boyicha davlat sport-taʼlim muassasalari ortasida “Ozbekiston chempionati” musobaqasi otkaziladi.

Qarorga ko‘ra, Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimida Ozbekiston karateni rivojlantirish markazi tashkil etiladi. 

Mazkur markaz barcha yosh toifalari bo‘yicha terma jamoalarning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish uchun asosiy sport bazasi hisoblanadi.

2024-yil 1-martgacha joylarda karate bilan shug‘ullanayotgan, shuningdek, musobaqalarda qatnashuvchi barcha sportchilar to‘g‘risidagi maʼlumotlar to‘liq raqamlashtiriladi. 

2024/2025 o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida karate bo‘yicha bakalavriat taʼlim yo‘nalishiga va magistratura mutaxassisligiga amaldagi o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari joriy o‘quv yiliga nisbatan 2 baravarga oshiriladi.

 

Xusin ISKANDAROV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

 

Boshqa maqolalar

CHET EL FUQAROLARI HAMDA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN SHAXSLARNING

personmaftuna 08-08-25, 02:00
0 CHET EL FUQAROLARI HAMDA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN SHAXSLARNING OILAVIY MUNOSABATLARDAGI HUQUQ VA MAJBURIYATLARI QANAQA ?

O ‘ zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 234-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet...

UMUMTA’LIM FANLARIDAN TEST SINOVLARINI OʻTKAZISH TARTIBI

personmaftuna 21-03-24, 19:03
0 UMUMTA’LIM FANLARIDAN TEST SINOVLARINI OʻTKAZISH TARTIBI BELGILANDI

Vazirlar Mahkamasining 10.01.2024-yildagi 17-sonli «Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga raqamli х izmatlardan...

FUQAROLAR TELEFON SO‘ZLASHUVLARI VA BOSHQA YOZISHMALARINI

personmaftuna 29-06-24, 08:59
0 FUQAROLAR TELEFON SO‘ZLASHUVLARI VA BOSHQA YOZISHMALARINI SIR SAQLASH HUQUQIGA EGA

Amaldagi Konstitutsiyaning 31-moddasiga ko‘ra, ➖ har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga...

menu
menu