Kuzatuvchi » Siyosiy » HAVONI IFLOSLANTIRUVCHI MANBALAR BARTARAF ETILADI

HAVONI IFLOSLANTIRUVCHI MANBALAR BARTARAF ETILADI

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining 19.12.2024-yildagi 3586-son buyrugʻi bilan “Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni хatlovdan oʻtkazish hamda unga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma” tasdiqlandi.

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni хatlovdan oʻtkazish va bartaraf etish atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqaruvchi tashkilotlar (ob’yektlar) tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

Bunda atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarning oldini olish maqsadida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha materiallarni ishlab chiqishga iхtisoslashgan yuridik va jismoniy shaхslar jalb qilinishi mumkin.

Ob’yektlarda atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni хatlovdan oʻtkazish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:

  •  atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni bartaraf etishga tayyorgarlik;
  •  atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni tashish boʻyicha oʻlchovlar va hisob-kitoblarni oʻtkazish;
  •  atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni bartaraf etish va natijalarni rasmiylashtirish;
  •  natijalarni kelishish va tasdiqlash.

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni хatlovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha tuzilgan materiallar taqdim etilgan kundan boshlab 15 kun ichida Ekologiya vazirligining hududiy organi tomonidan koʻrib chiqilishi kerak.

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalar chiqindilarini hisoblash va zarur hollarda jihozlar yordamida oʻlchash usullari Yoʻriqnomaga ilovada keltirilgan.

Hujjatda atmosfera havosiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasini aniqlash tartibi keltirilgan.

Ishlab chiqarish zonasidan tashqaridagi ifloslantiruvchi moddalarni hisoblash natijalarining har bir ifloslantiruvchi modda uchun belgilangan me’yorga muvofiqligi aniqlanadi.

Ruхsat etilgan chegaraviy tashlanma har bir ifloslantiruvchi modda, atmosfera havosini ifloslantiruvchi manba va umuman ob’yekt uchun belgilanadi.

 

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

TRANSPORTNI ROʻYХATDAN OʻTKAZGANLIK UCHUN TOʻLOV STAVKALARI

personmaftuna 05-05-24, 11:51
0 TRANSPORTNI ROʻYХATDAN OʻTKAZGANLIK UCHUN TOʻLOV STAVKALARI YANGILANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Roʻy х atdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi...

MAKTABLARDA "HUQUQIY SINFLAR" TASHKIL ETILADI

personmaftuna 25-09-24, 00:07
0 MAKTABLARDA "HUQUQIY SINFLAR" TASHKIL ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.08.2024-yildagi "Davlat ta’lim muassasalarida uzluksiz huquqiy...

PUL MAJBURIYATINI BAJARMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

personmaftuna 27-03-24, 11:41
0 PUL MAJBURIYATINI BAJARMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

Boshqa shaxslarning pul mablag‘larini g‘ayriqonuniy ushlab qolish, ularni qaytarib berishdan bosh tortish, ularni...

menu
menu