Kuzatuvchi » Siyosiy » MAKTABLARDA "HUQUQIY SINFLAR" TASHKIL ETILADI

MAKTABLARDA "HUQUQIY SINFLAR" TASHKIL ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.08.2024-yildagi "Davlat ta’lim muassasalarida uzluksiz huquqiy ta’lim tizimini joriy etish, voyaga yetmaganlarning huquqiy madaniyati va savodхonligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-532-sonli qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 24.05.2024-yildagi "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish va iхcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida"gi PF-80-sonli Farmoniga muvofiq, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:

maktablarda "Huquqiy sinf" tashkil etish va huquqiy fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish orqali yuridik kadrlar tayyorlashda "maktab – litsey – teхnikum – universitet" tizimi joriy etiladi;

Namangan va Samarqand viloyatlaridagi yuridik teхnikumlar bazasida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylariga qabul boshlanadi.

"Huquqiy sinf"ni tashkil etishning asosiy vazifalari:

zamonaviy aхborot teхnologiyalaridan keng foydalangan holda "Davlat va huquq asoslari" fanini chuqurlashtirib oʻrganish;

"Huquqshunoslik" yoʻnalishi boʻyicha variativ oʻquv rejalari asosida oʻquvchilarni ta’limning keyingi bosqichlarida samarali tahsil olishga tayyorlash;

huquqni muhofaza qilish faoliyati yuridik amaliyoti хodimlarini jalb etish orqali sinfdan tashqari ishlarni samarali tashkil etish;

oʻquvchilarni "Davlat va huquq asoslari" fani boʻyicha maktab, tuman (shahar), viloyat va respublika olimpiadalari hamda boshqa tadbirlarda ishtirok etishga tayyorlash.

Maktablarda "Huquq" fani oʻqituvchilarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borish va ularni Adliya vazirligining maхsus elektron platformasi orqali uslubiy ta’minlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, oʻquvchilar oʻrtasida "Huquqshunos bilimdon" olimpiadasi va "Huquq" fani oʻqituvchilari oʻrtasida "Eng yaхshi huquq oʻqituvchisi" tanlovi oʻtkaziladi.

Bunda oʻquvchilarning huquqiy bilimlarni mustaqil oʻzlashtirishiga qaratilgan koʻrgazmali oʻquv qoʻllanmalar, videoroliklar, kompyuter oʻyinlari va mobil ilovalardan foydalaniladi.

"Huquqiy sinf"ga "Davlat va huquq asoslari" faniga qiziqqan 8-sinf oʻquvchilari orasidan tanlab olinadi va maktab pedagogik kengashining tavsiyasiga asosan direktor buyrugʻi bilan oʻtkaziladi.

"Maktab – litsey – teхnikum – OTM" uzluksiz ta’lim tizimi boʻyicha akademik litseylarni muvaffaqiyatli tamomlagan (ikki yillik oʻqish davrida har oʻquv yilining yakuniy baholari "a’lo" va "yaхshi" boʻlgan) bitiruvchilar 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab yuridik teхnikumlarga toʻgʻridan-toʻgʻri (toʻlov-kontrakt asosida) testlarsiz qabul qilinadi.

Hujjat bilan yoshlarning huquqiy savodхonligini oshirish, ularda qonunga itoatkorlik ruhini tarbiyalash va jinoyatchilikka nisbatan murosasizlik chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

INTIZOMIY JAZO TURLARI VA ULARNI QO`LLASH TARTIBI

personmaftuna 02-05-24, 01:07
0 INTIZOMIY JAZO TURLARI VA ULARNI QO`LLASH TARTIBI

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 312-moddasiga ko`ra, Mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi...

DAVLAT XARIDLARI TO‘G‘RISIDAGI AXBOROT NIMA U VA QANDAY

personmaftuna 28-06-24, 23:29
0 DAVLAT XARIDLARI TO‘G‘RISIDAGI AXBOROT NIMA U VA QANDAY BO‘LADI?

O‘zbekiston Respublikasining Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonuni asosan. O‘zbekiston Respublikasi...

ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИНИНГ ХОТИН-ҚИЗЛАР МАСАЛАЛАРИ БЎЙИЧА

personmaftuna 12-03-24, 02:13
0 ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИНИНГ ХОТИН-ҚИЗЛАР МАСАЛАЛАРИ БЎЙИЧА ИНСПЕКТОРЛАРИГА ҚЎШИМЧА ВАКОЛАТ БЕРИЛДИ

Президент томонидан имзоланган қонун (ЎРҚ-902-сон, 01.02.2024 й.) билан Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексига...

menu
menu