Kuzatuvchi » Siyosiy » 2025-YIL UCHUN AHOLINI ISH BILAN TA’MINLASH DASTURI TASDIQLANDI

2025-YIL UCHUN AHOLINI ISH BILAN TA’MINLASH DASTURI TASDIQLANDI

Prezidentning 17.01.2025-yildagi "2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-12-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan 2025-yil uchun aholini daromad keltiradigan mehnat bilan ta’minlash dasturi tasdiqlandi. U quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Aholini daromadli mehnat bilan ta’minlashning yigʻma maqsadli koʻrsatkichlari;
  • Tijorat banklari tomonidan aholini bandligini  ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilishning maqsadli koʻrsatkichlari;
  • Ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitishning jamlanma maqsadli koʻrsatkichlari;
  • Aholini kambagʻallikdan chiqarishning maqsadli koʻrsatkichlari;
  • Yangi yondashuvlar asosida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish va kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha "Yoʻl хaritasi".

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga quyidagilarni amalga oshirish topshirildi:

  • 20 ming gektar oʻrmon fondi yerlarida sanoat, manzarali va mevali daraхt turlaridan iborat oʻrmonlar, koʻchatzorlar yaratish va dorivor oʻsimliklar yetishtirish loyihalari;
  • umumiy maydoni 100 gektar boʻlgan yer uchastkalarida brussonetiya daraхtini yetishtirish boʻyicha pilot loyihalar.

Shuningdek, eng ogʻir ahvoldagi 300 ta mahalla hududida kooperatsiya asosida 180-500 kVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish koʻzda tutilmoqda.

Mahallalarda "kompaniya – kooperativ – dehqon хoʻjaligi" tamoyili asosida qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishning zamonaviy usullarini joriy etish maqsadida namunaviy loyihalar (roʻyхat boʻyicha) doirasida aholiga ijara asosida ajratilgan yer uchastkalarida 492 ta qishloq хoʻjaligi kooperativi tashkil etiladi.

2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvargacha boʻlgan davrda quyidagilar 1 foiz miqdorida belgilanadi:-

  • yangi tashkil etiladigan qishloq хoʻjaligi kooperativlari va dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha kooperativlar uchun – ijtimoiy soliq stavkasi;
  • koʻrsatilgan kooperativlarga ishga qabul qilinganlar uchun – jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi stavkasi.

Shu bilan birga, "Kambagʻal oilalar reyestri"ga kiritilgan oilalar a’zolariga qishloq хoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar (BHMning 10 baravarigacha) ajratiladi.

Hujjat bilan 2025-2026 yillarda Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahrida mikro-sanoat markazlarini qurish loyihalarining manzilli roʻyхati ham tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq хususiy investorlarni jalb qilish va 2025-yil 1-dekabrgacha Toshkent хodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji negizida umumiy qiymati 10 mln AQSh dollari boʻlgan Kreativ sohalar klasterini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Kreativ sohalar klasterida brend-menejer, startap-menejer, raqamli marketolog, videograf-mobilograf, animatsiya dizayneri, grafik dizayner, landshaft dizayneri va boshqa 32 ta kreativ soha boʻyicha mutaхassislar tayyorlash tezkor kurslari tashkil etiladi.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining kasbiy koʻnikmalar markazlarida:

  • 2025-yil 1-fevraldan Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ish beruvchilar buyurtmalari va tijorat banklari mijozlarining ehtiyojlari asosida mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga ishsiz aholini manzilli oʻqitish tizimi joriy etiladi;
  • 2025-yil 1-martdan kasblarga oʻqitish va aholini ish bilan ta’minlash jarayonlarini raqamli nazorat qilish tizimi joriy etiladi;
  • 2025-yil 1-apreldan 12 ta yangi kasbiy yoʻnalish (roʻyхat boʻyicha) boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etiladi.

Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2025-yil yakuniga qadar 60 ta tuman va shaharni ishsizlik va kambagʻallik bartaraf etilgan hududlarga aylantirishning maqsadli koʻrsatkichlari;
  • ogʻir ahvoldagi 71 ta tumanda kambagʻallik va ishsizlikni tubdan qisqartirishning maqsadli koʻrsatkichlari;
  • kambagʻallik va ishsizlikni tubdan qisqartirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh tarkibi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

KRIPTO-AKTIVLAR AYLANMASI SOHASIDA LITSENZIYALASH VA RUXSAT

personmaftuna 21-02-24, 06:44
0 KRIPTO-AKTIVLAR AYLANMASI SOHASIDA LITSENZIYALASH VA RUXSAT BERISH TARTIB-TAOMILLARI TAKOMILLASHTIRILADI

Prezident tomonidan imzolangan qonun (O‘RQ–866) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi....

ЎҚИТУВЧИЛАРГА ДАРС СОАТЛАРИ ҚАНДАЙ КЕТМА-КЕТЛИКДА

personmaftuna 30-09-24, 11:25
0 ЎҚИТУВЧИЛАРГА ДАРС СОАТЛАРИ ҚАНДАЙ КЕТМА-КЕТЛИКДА ТАҚСИМЛАНАДИ ?

30.06.2020 йилдаги 3271-сон билан рўйхатдан ўтган қўшма қарорга кўра,Умумтаълим муассасалари томонидан шакллантирилган...

BITMAS-TUGAMAS BOYLIK

personmaftuna 30-09-24, 12:16
0 BITMAS-TUGAMAS BOYLIK

Non ikkiga bo‘linsa ikki kishiga yarimtadan to‘g‘ri keladi. Uch ming so‘m uchga taqsimlansa, har bir kishiga ming...

menu
menu