Kuzatuvchi » Siyosiy » OVCHINING MAJBURIYATLARI NIMALARDAN IBORAT?

OVCHINING MAJBURIYATLARI NIMALARDAN IBORAT?

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq har yili 28-fevraldan 15-avgustgacha ov qilishga taqiq qo‘yiladi.

Ovchi ov payti quyidagi majburiyatlarni bajarishi lozim:

— ov qilish chog‘ida ovchilik guvohnomasini, ov qurolini saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomani, yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomaniyoki ovchilik yo‘llanmasini (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasini) yonida olib yurish;

— ovchilik xo‘jaligining va ov qilishga ruxsat etiladigan hududning chegaralarini aniq bilish;

— ov qilishga ruxsat etiladigan hududdan tashqarida ov qilmaslik;

— yovvoyi hayvonlarni tutish normalariga va ov qilish muddatlariga rioya etish, ov qilishni yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada ko‘rsatilgan joylarda amalga oshirish;

— ov qilishni boshlash oldidan ovchilik yo‘llanmasida (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasida) ov qilish boshlangan sana to‘g‘risidagi ustunni to‘ldirish;

— ov tugagach, ovchilik xo‘jaligidan yoki ov qilish joylaridan chiqib ketishdan oldin yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada tutilgan yovvoyi hayvonlar haqida belgilar qo‘yish;

— ov tugagach, ovchilik yo‘llanmasini (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasini) ov natijalari to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda, o‘n kundan kechiktirmay qaytarish;

— yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish;

— maishiy chiqindilarni to‘xtash joyidan yig‘ishtirib olish va to‘plash joylariga olib chiqish;

— halqalar, mikrochiplar, yorliqchalar, tamg‘alari bo‘lgan yovvoyi hayvonlar tutilganda hududida ov qilish amalga oshirilgan ovchilik xo‘jaligiga yoki ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organiga ular to‘g‘risida axborot taqdim etish;

— lavhalar, e’lonlar, oxurlar, yoyib qo‘yilgan qo‘shimcha ozuqalar, sun’iy uyalarga va boshqa biotexnik qurilmalarga shikast yetkazmaslik;

— ov qilishning xavfsizlik qoidalarini bilish va ularga amal qilish.

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

BILASIZMI?

personmaftuna 31-01-24, 04:13
0 BILASIZMI?

Sanitariya normalarini, qoidalari va gigiena normativlarini buzish: fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha...

XORIJIY DAVLATDA YASHASH UCHUN RUХSATNOMA OLGAN DEPUTAT VA

personmaftuna 05-08-24, 18:48
0 XORIJIY DAVLATDA YASHASH UCHUN RUХSATNOMA OLGAN DEPUTAT VA SENATORLARNING VAKOLATLARI TUGATILADI

Prezident tomonidan 02.07.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va...

ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGAN BOLALARGA HIMOYA ORDERI BERISH

personmaftuna 18-08-24, 03:50
0 ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGAN BOLALARGA HIMOYA ORDERI BERISH TARTIBI YO‘LGA QO‘YILADI

Adliya vazirligi va boshqa mas'ul idoralar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha...

menu
menu