O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq har yili 28-fevraldan 15-avgustgacha ov qilishga taqiq qo‘yiladi.
Ovchi ov payti quyidagi majburiyatlarni bajarishi lozim:
— ov qilish chog‘ida ovchilik guvohnomasini, ov qurolini saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomani, yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomaniyoki ovchilik yo‘llanmasini (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasini) yonida olib yurish;
— ovchilik xo‘jaligining va ov qilishga ruxsat etiladigan hududning chegaralarini aniq bilish;
— ov qilishga ruxsat etiladigan hududdan tashqarida ov qilmaslik;
— yovvoyi hayvonlarni tutish normalariga va ov qilish muddatlariga rioya etish, ov qilishni yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada ko‘rsatilgan joylarda amalga oshirish;
— ov qilishni boshlash oldidan ovchilik yo‘llanmasida (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasida) ov qilish boshlangan sana to‘g‘risidagi ustunni to‘ldirish;
— ov tugagach, ovchilik xo‘jaligidan yoki ov qilish joylaridan chiqib ketishdan oldin yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada tutilgan yovvoyi hayvonlar haqida belgilar qo‘yish;
— ov tugagach, ovchilik yo‘llanmasini (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasini) ov natijalari to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda, o‘n kundan kechiktirmay qaytarish;
— yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish;
— maishiy chiqindilarni to‘xtash joyidan yig‘ishtirib olish va to‘plash joylariga olib chiqish;
— halqalar, mikrochiplar, yorliqchalar, tamg‘alari bo‘lgan yovvoyi hayvonlar tutilganda hududida ov qilish amalga oshirilgan ovchilik xo‘jaligiga yoki ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organiga ular to‘g‘risida axborot taqdim etish;
— lavhalar, e’lonlar, oxurlar, yoyib qo‘yilgan qo‘shimcha ozuqalar, sun’iy uyalarga va boshqa biotexnik qurilmalarga shikast yetkazmaslik;
— ov qilishning xavfsizlik qoidalarini bilish va ularga amal qilish.
M. SADIKOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.