AYOL O‘QITUVCHILAR ISH STAJI YETSA, ERTAROQ PENSIYAGA CHIQSA BO‘LADIMI?
Bugungi kunda ta’lim tizimini ayol o‘qituvchilarsiz tasavvur qilish qiyin. Ularning ta’lim-tarbiyadagi o‘rni beqiyos. Shu boisdan ularni mehnatini qadrlash va yashash sharoitlarini yaxshilash uchun bir qancha tizimli ishlar olib borilmoqda.
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga ko‘ra, yoshga doir pensiya olish huquqiga:
erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.
Qonunning 12-moddasiga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashgan ta’lim muassasalari, “Mehribonlik” uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari o‘qituvchilari — maxsus ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda (3-sonli ro‘yxat, VII qism) umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqi ega bo‘ladilar.
Qonunning 12-1-moddasiga ko‘ra, ushbu Qonun 37-moddasining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kamida yigirma yillik ish staji bo‘lgan ayollar ellik to‘rt yoshga to‘lganda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Demak, maxsus ish staji kamida 25 yil bo‘lgan ixtisoslashgan ta’lim muassasalari, “Mehribonlik” uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari o‘qituvchilari 50 yoshga to‘lganda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР МАҲКАМАСИНИНГ 402-СОН
personmaftuna 21-03-24, 23:15Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 23.06.2020 йилдаги 402-сон қарорига мувофиқ эҳтиёжманд оилалардаги...
ФОЙДАЛИ ҚАЗИЛМАЛАРНИ РУХСАТНОМАСИЗ ҚАЗИБ ОЛГАНЛИК УЧУН
personmaftuna 14-12-24, 16:04Президент томонидан имзоланган Қонун (ЎРҚ-984-сон, 28.10.2024 й.) билан айрим кодексларга қўшимча ва ўзгартиришлар...
DAVLAT MULKI OBYEKTLARINI UCH YIL MUDDATGA IJARAGA OLING
personmaftuna 14-06-24, 15:48Keyingi yillarda Davlat rahbari hamda Hukumatning tegishli qarorlari asosida Davlat mulkini ijaraga berish tizimi...