NOGIRONLIK PENSIYASI TAYINLASHDA ISH STAJI QO‘SHIB HISOBLANADIMI?
— 20 yillik ish stajiga ega bo‘lgan II guruh nogironiman. Nogironlik pensiyasi tayinlashda ishlagan staj inobatga olinadimi?
— Qonunchilikka ko‘ra, I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi ushbu Qonunning 17 moddasida ko‘rsatilgan yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun ana shunday huquq paydo bo‘lganidan keyin istalgan vaqtda murojaat etishlari mumkin.
Yoshga doir pensiya tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt pensiyani hisoblab chiqarish uchun stajga qo‘shib hisoblanmaydi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ЙЎЛЛАРДАГИ КАМЧИЛИКЛАРГА ЙҲХББ ЭМАС, ЙЎЛ ЭГАСИ ЖАВОБГАР
personmaftuna 31-07-24, 02:54Янги Ўзбекистон шароитида Йўл ҳаракатини ташкил этишга доир нормаларни ўз ичига олган 7 та боб ва 58 та моддадан иборат...
MANSABDOR SHAXS TOMONIDAN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH
personmaftuna 29-06-24, 08:27Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasiga asosan, ➖ mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni...
NARKOTIKLARNI NAZORAT QILISH MILLIY MARKAZI TASHKIL ETILDI
personmaftuna 19-05-24, 21:29“O'zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo'yish orqali...