Kuzatuvchi » Siyosiy » NARKOTIKLARNI NAZORAT QILISH MILLIY MARKAZI TASHKIL ETILDI

NARKOTIKLARNI NAZORAT QILISH MILLIY MARKAZI TASHKIL ETILDI

“O'zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo'yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta'sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-73-son, 06.05.2024 y.) qabul qilindi.

O'zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo'yicha 2024 – 2028-yillarga mo'ljallangan milliy strategiya (Milliy strategiya) tasdiqlandi.

Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi (Milliy markaz) etib qayta tashkil etildi.

Respublikada giyohvandlik vositalari bilan bog'liq vaziyatni hududlar kesimida ilmiy-amaliy va axborot-tahliliy jihatidan tizimli ravishda chuqur o'rganib borish, asosiy omillar hamda tendensiyalarni aniqlash va prognoz qilish, Milliy markaz faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri etib belgilandi.

Milliy markaz davlat komissiyasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan milliy dasturlar ijrosini muntazam monitoring qilib, belgilangan chora-tadbirlar sifatli hamda o'z vaqtida ijro etilishi bo'yicha tegishli davlat organlari va tashkilotlarga taqdimnoma, taklif va tavsiyalar kiritadi.

 

 

Raisa TIMOFEYEVA,

Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

HODIMLARNI ISHDAN BO’SHATISH ASOSLARI

personmaftuna 19-09-24, 00:16
0 HODIMLARNI ISHDAN BO’SHATISH ASOSLARI

Amaldagi Mehnat kodeksining 155-moddasida hodimlarni ishdan bo‘shatishning asoslari keltirilgan bo‘lib, ular...

TEMIRYO‘LLARDA YUK TASHISH TARIFLARI 1 DEKABRDAN 30 FOIZGA

personmaftuna 13-12-24, 10:56
0 TEMIRYO‘LLARDA YUK TASHISH TARIFLARI 1 DEKABRDAN 30 FOIZGA OSHIRILADI

Bu qaror vagonlarga bog‘liq xarajatlar oshgani va vagon parklarini yangilash zarurati tufayli qabul qilingan. 2024-yil...

XODIMDAN KOMMUNAL TOʻLOVLAR UCHUN ISH HAQQIDAN USHLAB

personmaftuna 27-11-24, 03:01
0 XODIMDAN KOMMUNAL TOʻLOVLAR UCHUN ISH HAQQIDAN USHLAB QOLINADIMI?

Mehnat kodeksining 269-moddasiga asosan, umumiy qoidaga ko‘ra xodimning yozma roziligi bilan, xodimning roziligi...

menu
menu