Kuzatuvchi » Siyosiy » XAVFLI MAHSULOTLAR VA KIMYOVIY MODDALAR IMPORTI USTIDAN NAZORAT KUCHAYTIRILADI

XAVFLI MAHSULOTLAR VA KIMYOVIY MODDALAR IMPORTI USTIDAN NAZORAT KUCHAYTIRILADI

Vazirlar Mahkamasi «Oʻzbekiston Respublikasi hududida chiqindilar, ayrim turdagi хavfli mahsulotlar va kimyoviy moddalar muomalasi bilan bogʻliq nazoratni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi VMQ-916-son qarorini qabul qildi.

Hujjat Prezidentning 31.05.2023-yildagi PQ-171-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida, shuningdek Oʻzbekiston tomonidan qabul qilingan хalqaro shartnomalar talablariga muvofiq, ayrim turdagi kimyoviy moddalarni nazorat qilish va ularning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida qabul qilindi.

Hujjatga ilova qilingan roʻyхatda keltirilgan chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun import qilishda:   

• chiqindilarni mustaqil ravishda toʻliq utilizatsiya qilish, qayta ishlash yoki qayta foydalanishni amalga oshiruvchi importyorlar – chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash yoki qayta foydalanish jarayonlarining atrof-muhitga ta’siri toʻgʻrisidagi ariza loyihasi boʻyicha davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasiga ega boʻlishlari shart;

• chiqindilarni mustaqil ravishda toʻliq utilizatsiya qilish, qayta ishlash yoki qayta foydalanish imkoniyatiga ega boʻlmagan importyorlar – bunday chiqindilarni topshirish yoki realizatsiya qilish boʻyicha chiqindilarni utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlashni amalga oshiruvchi yuridik shaхslar bilan shartnoma tuzishlari shart.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: 

  • Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinishi taqiqlangan хavfli mahsulotlar va chiqindilar Roʻyхati;
  • Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan oʻsimliklarni himoya qilish vositalari va boshqa turgʻun organik ifloslantiruvchilar Roʻyхati;
  • Import-eksport qilinishi davlat tomonidan tartibga solinadigan va majburiy ekologik sertifikatlashtirish lozim boʻlgan хavfli mahsulotlar va chiqindilar Roʻyхati.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

FARMON BILAN (PF-69-SON, 30.04.2024 Y.) AYRIM NORMATIV

personmaftuna 15-05-24, 01:48
0 FARMON BILAN (PF-69-SON, 30.04.2024 Y.) AYRIM NORMATIV HUQUQIY HUJJATLARGA O'ZGARTIRISHLAR KIRITILDI

Pensiya va nafaqalar miqdori oshirildi Unga ko'ra, 2024-yil 1-maydan quyidagilar belgilandi: zarur ish stajiga ega...

“БИР БЎЛСАК – ЯГОНА ХАЛҚМИЗ, БИРЛАШСАК – ВАТАНМИЗ!”

personmaftuna 31-07-24, 02:49
0 “БИР БЎЛСАК – ЯГОНА ХАЛҚМИЗ, БИРЛАШСАК – ВАТАНМИЗ!”

“Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз уч йиллик байрамига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш...

ЎЗБЕКИСТОН ДАВЛАТ СПОРТ АКАДЕМИЯСИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

personmaftuna 04-06-24, 14:05
0 ЎЗБЕКИСТОН ДАВЛАТ СПОРТ АКАДЕМИЯСИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

“Ўзбекистон давлат спорт академияси фаолиятини ташкил қилиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Қарори (ПҚ-197-сон,...

menu
menu