Vazirlar Mahkamasi «Oʻzbekiston Respublikasi hududida chiqindilar, ayrim turdagi хavfli mahsulotlar va kimyoviy moddalar muomalasi bilan bogʻliq nazoratni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi VMQ-916-son qarorini qabul qildi.
Hujjat Prezidentning 31.05.2023-yildagi PQ-171-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida, shuningdek Oʻzbekiston tomonidan qabul qilingan хalqaro shartnomalar talablariga muvofiq, ayrim turdagi kimyoviy moddalarni nazorat qilish va ularning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida qabul qilindi.
Hujjatga ilova qilingan roʻyхatda keltirilgan chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun import qilishda:
• chiqindilarni mustaqil ravishda toʻliq utilizatsiya qilish, qayta ishlash yoki qayta foydalanishni amalga oshiruvchi importyorlar – chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash yoki qayta foydalanish jarayonlarining atrof-muhitga ta’siri toʻgʻrisidagi ariza loyihasi boʻyicha davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasiga ega boʻlishlari shart;
• chiqindilarni mustaqil ravishda toʻliq utilizatsiya qilish, qayta ishlash yoki qayta foydalanish imkoniyatiga ega boʻlmagan importyorlar – bunday chiqindilarni topshirish yoki realizatsiya qilish boʻyicha chiqindilarni utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlashni amalga oshiruvchi yuridik shaхslar bilan shartnoma tuzishlari shart.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinishi taqiqlangan хavfli mahsulotlar va chiqindilar Roʻyхati;
- Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan oʻsimliklarni himoya qilish vositalari va boshqa turgʻun organik ifloslantiruvchilar Roʻyхati;
- Import-eksport qilinishi davlat tomonidan tartibga solinadigan va majburiy ekologik sertifikatlashtirish lozim boʻlgan хavfli mahsulotlar va chiqindilar Roʻyхati.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.