Kuzatuvchi » Siyosiy » QISHLOQ ХOʻJALIGI VAZIRLIGI YERLARDAN OQILONA FOYDALANISHNI MONITORING QILADI

QISHLOQ ХOʻJALIGI VAZIRLIGI YERLARDAN OQILONA FOYDALANISHNI MONITORING QILADI

Vazirlar Mahkamasining 30.12.2024-yildagi VMQ-914-son qarori bilan Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, suv resurslarini hisobga olgan holda almashlab ekishni tashkil etish orqali qishloq хoʻjaligi yerlaridan oqilona foydalanish;
  • tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, suv resurslarini hisobga olgan holda yaylov aylanmasini tashkil etish orqali yaylovlardan oqilona foydalanish;
  • qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini baholash va uning natijalari boʻyicha хulosalar tuzish.

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish monitoringi Qishloq хoʻjaligi vazirligi va uning yer tuzish va yerdan foydalanish boʻyicha hududiy boʻlinmalari хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 14.01.2022 yildagi  "Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda monitoring ishlarini amalga oshirish, yerlarni muhofaza qilish va yer tuzish faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi VMQ-22-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Almashlab ekish – ma’lum bir vaqt davomida yer uchastkasida qishloq хoʻjaligi ekinlarini ilmiy asoslangan holda almashlab ekish.

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi:

  • tuproq unumdorligini saqlash va oshirish (tuproqning yuqori qatlamida umumiy gumus, harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliyning optimal darajasini ta’minlash);
  • asosiy qishloq хoʻjaligi ekinlari hosildorligini belgilangan darajada saqlash va oshirish;
  • suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda almashlab ekish;
  • yaylov aylanmasini hisobga olgan holda yaylovlardan foydalanish;
  • tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda yerlarni melioratsiya qilish;
  • chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun yaylovlardan foydalanishning optimal me’yorlarini ta’minlash va boshqalar.

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

O‘ZGALAR PARVARISHIGA MUHTOJ SHAXSLARGA IJTIMOIY XIZMAT VA

personmaftuna 04-05-24, 09:51
0 O‘ZGALAR PARVARISHIGA MUHTOJ SHAXSLARGA IJTIMOIY XIZMAT VA YORDAM KO‘RSATISHNING YANGI TIZIMI JORIY ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga...

BILIB OLING

personmaftuna 30-09-24, 07:24
0 BILIB OLING

Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro...

SHAXSNI TURMUSHGA CHIQISHGA MAJBUR QILGANLIK UCHUN

personmaftuna 16-12-24, 11:32
0 SHAXSNI TURMUSHGA CHIQISHGA MAJBUR QILGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK MAVJUDMI?

— Ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish uchun javobgarlik belgilanganmi? —...

menu
menu