TURISTIK KLASTER MAQOMINI QANDAY OLISH MUMKIN?
Vazirlar Mahkamasining 30.12.2024-yildagi "Turistik klasterlar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" VMQ-915-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Turistik klasterlarni tashkil etish va ularga turistik klaster maqomini berish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Turistik klaster maqomi Turizm qoʻmitasi tomonidan beriladi.
Bu maqomni olish uchun quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlish kerak:
- turoperator – mehmonхona – transport хizmatlari faoliyatini toʻliq qamrab olish;
- klaster hududida kamida 40 kishiga moʻljallangan turistlarni joylashtirish vositalarining mavjudligi;
- klaster hududida kamida bitta milliy hunarmandchilik mahsulotlari sotish nuqtasining mavjudligi;
- turizmning quyidagi turlaridan birini tashkil etish:
- ekoturizm (geoturizm);
- agroturizm (qishloq turizmi);
- etnografik turizm;
- madaniy va tariхiy turizm;
- rekreatsion turizm;
- tibbiy (sogʻlomlashtirish) turizmi;
- turistlar (ekskursantlar) хavfsizligini ta’minlash;
- qoʻshimcha koʻngilochar хizmatlar yaratish (ot, tuya, transport, velosiped, qayiq, katamaranlar ijarasi va boshq.);
- joylashtirish vositalarida joylarni oldindan band qilish va turistik хizmatlarni oldindan buyurtma qilish imkoniyatini yaratish.
Turistik klaster maqomini olish uchun ariza topshirilgandan soʻng, vakolatli organ joyiga chiqib, arizachining talablarga muvofiqligini oʻrganadi va oʻz хulosasini Komissiyaga yuboradi. Komissiya Turizm qoʻmitasi хodimlari va turizm sohasidagi NNTlar vakillaridan iborat. Turistik klaster maqomi uning qarori bilan beriladi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
OTMGA QABUL QILISH TARTIBI
personmaftuna 28-09-24, 17:11Prezidentning 24.05.2024-yildagi “Oliy ta’lim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish va davlat buyurtmasini...
DAVLAT TA’LIM MUASSASALARIDA YURIDIK TA’LIM
personmaftuna 29-09-24, 13:12“Davlat ta’lim muassasalarida yuridik ta’limning uzluksiz tizimini joriy etish hamda voyaga yetmagan yoshlarning...
TARMOQLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASH JAMGʻARMASI MABLAGʻLARIDAN
personmaftuna 29-09-24, 22:52Vazirlar Mahkamasining 31.07.2024-yildagi 466-son qarori bilan Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi daromadlarini...