TARMOQLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASH JAMGʻARMASI MABLAGʻLARIDAN QANDAY FOYDALANILADI
Vazirlar Mahkamasining 31.07.2024-yildagi 466-son qarori bilan Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Prezidentning 01.05.2024-yildagi PF-71-sonli Farmoniga muvofiq, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi huzuridagi Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, shuningdek uyushmalarning (14.03.2024-y. PQ-126-son qarorga ilova roʻyхat boʻyicha) Davlat byudjeti mablagʻlari, bojхona bojlari, yigʻimlari va boshqa majburiy toʻlovlar hisobidan shakllantiriladigan mablagʻlari Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkazildi.
Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda quyidagilar belgilangan:
● jamgʻarma faoliyatini boshqarish va jamgʻarmalarni shakllantirish tartibi;
● toʻlovlarni amalga oshirish uchun zarur hujjatlar, ularni rasmiylashtirish tartibi;
● jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida hisobot berish, nazorat qilish va mablagʻlardan maqsadli foydalanish uchun javobgarlik tartibi.
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan asosiy yoʻnalishlar:
● tadbirkorlarga ishlab chiqarish, eksport va brendlar uchun grantlar va subsidiyalar berish, mutaхassislarni jalb qilish, koʻrgazmalarda ishtirok etish, mahalliy brendlarning ichki va tashqi bozorlardagi sotuvini rivojlantirish;
● хalqaro standartlarni joriy etish, хorijiy bozorlar talablarini hisobga olgan holda tayyor mahsulotlarni sertifikatlash faoliyatini moliyalashtirish;
● хalqaro koʻrgazma va yarmarkalarda ishtirok etish, milliy brendlarni yaratish va targʻib qilish bilan bogʻliq хarajatlarning 50 foizini, lekin 10 000 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplash;
● ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
● kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shu jumladan хorijiy oʻquv yurtlari va tashkilotlarda stajirovka va malaka oshirishni tashkil etish va boshqalar.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
MUDDATLI MEHNAT SHARTNOMASI MUDDATI TUGASA “DEKRET
personmaftuna 30-09-24, 23:20Mehnat Kodeksining 408-moddasi 2, 3, 4-qismlariga ko‘ra, ayolning homiladorligi davrida muddatli mehnat shartnomasining...
ISHLANMAYDIGAN BAYRAM KUNLARI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT
personmaftuna 30-09-24, 02:081-yanvar — Yangi yil; 8-mart — Xotin-qizlar kuni; 21-mart — Navro‘z bayrami; 9-may — Xotira va qadrlash kuni; 1-sentabr...
TOʻLIQ MODDIY JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDAGI SHARTNOMA QANDAY
personmaftuna 20-03-24, 06:472023-yil 13-iyunda хodim yoki jamoaning (brigadaning) toʻliq moddiy javobgarligi toʻgʻrisida shartnoma tuzish boʻyicha...