Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT TA’LIM MUASSASALARIDA YURIDIK TA’LIM

DAVLAT TA’LIM MUASSASALARIDA YURIDIK TA’LIM

“Davlat ta’lim muassasalarida yuridik ta’limning uzluksiz tizimini joriy etish hamda voyaga yetmagan yoshlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.08.2024-yildagi 532-son qaroriga muvofiq, quyidagilar umumta’lim muassasalarining “davlat va huquq asoslari” fani doirasidagi asosiy vazifalari etib belgilandi:

umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda, “davlat va huquq asoslari” fani chuqurlashtirib o‘qitilishini tashkil etish,

o‘quvchilarni “yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha variativ o‘quv rejalari asosida ta’limning keyingi bosqichlarida samarali ta’lim olishga tayyorlash,

nazariy tayyorgarlikning huquqni qo‘llash amaliyoti bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlashga qaratilgan mahorat va o‘quv darslarini o‘tkazish uchun yuridik amaliyot xodimlarini jalb qilish orqali darsdan tashqari mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish,

o‘quvchilar “davlat va huquq asoslari” fanini mukammal o‘zlashtirishi uchun zarur sharoitlarni yaratish,

har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, shu jumladan, shaxslararo muloqot, zarur huquqiy ma’lumotlarni tez qidirib topish va mustaqil tahlil qilish hamda bu borada o‘z munosabatini bildirish qobiliyatlarini rivojlantirish,

yuqori kasb mahoratiga hamda professional tayyorgarlikka ega bo‘lgan tajribali pedagog o‘qituvchilarni jalb qilish,

o‘quvchilarni “davlat va huquq asoslari” fanidan maktab, tuman (shahar), viloyat va respublika olimpiadalarida hamda boshqa tadbirlarda ishtirok etishga tayyorlash.

 

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

BILASIZMI?

personmaftuna 03-06-24, 14:44
0 BILASIZMI?

“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oila a’zosi sifatida e’tirof etilgan va...

QISHLOQ JOYLARI QANDAY RIVOJLANTIRILADI?

personmaftuna 05-05-24, 11:54
0 QISHLOQ JOYLARI QANDAY RIVOJLANTIRILADI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 28.03.2024-yildagi PQ-141-sonli “Islom taraqqiyot banki ishtirokida "Qishloq...

ER VA XOTINNING UMUMIY MOL-MULKKA EGALIK QILISHI, UNDAN

personmaftuna 30-01-25, 12:46
0 ER VA XOTINNING UMUMIY MOL-MULKKA EGALIK QILISHI, UNDAN FOYDALANISHI VA UNI TASARRUF ETISHI

Oila kodeksining 24-moddasiga asosan er va xotin ularning birgalikdagi umumiy mulki bo‘lgan mol-mulkka egalik qilish,...

menu
menu