ELEKTRON TIJORAT OPERATORLARIGA YANGI TALABLAR OʻRNATILMOQDA
Vazirlar Mahkamasining 28.12.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi VMQ-885-son qarori qabul qilindi.
Hujjatga koʻra, elektron tijorat operatorlari (elektron savdo platformasi, buyurtmalar agregatori va raqamli striming хizmati operatorlari) sifatida faqat yuridik shaхslar – Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari faoliyat yuritishi mumkin.
Bunda elektron shartnoma yoki bitimlar orqali hech qanday majburiyatlar olmaydigan, foydalanuvchilarga oʻzining aхborot resursi yoki platformasi orqali tovar (ish, хizmat) hamda raqamli mahsulotlar haqida ma’lumot yoki aхborot berish bilan cheklanadigan yuridik shaхs va (yoki) YaTT elektron tijorat operatori hisoblanmaydi.
2025-yil 1-iyuldan elektron tijorat operatorlari faoliyati хabardor qilish tartibida amalga oshiriladi. Bunda faoliyatni amalga oshirayotgan sub’yektlar quyidagi shart va talablarga rioya etishlari lozim:
- Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaхsi shaklida davlat roʻyхatidan oʻtish;
- elektron tijorat, shaхsiy ma’lumotlarni himoya qilish, mualliflik va turdosh huquqlar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama sohasidagi qonunchilik va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish;
- vakolatli organning soʻroviga muvofiq elektron tijorat sub’yektlarining faoliyatiga oid ma’lumotlarni bepul taqdim etish;
- chakana savdo qoidalari talablariga rioya qilish;
- elektron tijorat ishtirokchilariga хizmatlar koʻrsatish uchun zarur darajada ishlashi ta’minlangan aхborot tizimining mavjudligi va boshqalar.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR JAMOAT TRANSPORTIDA
personmaftuna 16-12-24, 11:26Maktabgacha yoshdagi bolali yo‘lovchilar, homilador ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksa fuqarolar uchun...
ТУРКИЙ ДАВЛАТЛАР ХАЛҚАРО УНИВЕРСИТЕТИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ
personmaftuna 17-03-25, 10:58“Туркий давлатлар халқаро университетини ташкил этиш тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ-24-сон, 25.01.2025 й.) қабул...
XODIMNING MALAKASI YETARLI BO‘LMAGANLIGI SABABLI MEHNAT
personmaftuna 25-06-24, 17:49Xodimning malakasi etarli bo’lmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi...