Kuzatuvchi » Siyosiy » XODIMNING MALAKASI YETARLI BO‘LMAGANLIGI SABABLI MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISH

XODIMNING MALAKASI YETARLI BO‘LMAGANLIGI SABABLI MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISH

Xodimning malakasi etarli bo’lmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi asosi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarni ishga tiklash haqidagi nizolarni hal qilishda sudlar quyidagilarni nazarda tutishlari lozim:

-agar xodim u bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga ko‘ra, aynan bajarishi shart bo‘lgan ishni uddalay olmayotgan bo‘lsagina, noloyiqligi bo‘yicha u bilan mehnat shartnomasini bekor qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.

Аgar xodim uning roziligisiz ishlab chiqarish zarurati bilan yoki ish to‘xtab qolganda ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra vaqtincha o‘tkazilgan ishni uddalay olmayotgan bo‘lsa, mehnat shartnomasini ishiga noloyiqligi bo‘yicha bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi, chunki xodim o‘tkazilgan ish o‘rni mehnat shartnomasida ko‘rsatilmagan;

-xodimning noloyiqligi bajarishi shart bo‘lgan, topshirilgan ishni uddalay olmayotganligini isbotlovchi aniq faktlar (tekshiruv dalolatnomalari, bevosita rahbarlik qiluvchisining, nazorat qiluvchining bildirish xatlari, hisobotlar, attestatsiya hujjatlari va ishning past sifatligini, yaroqsiz mahsulot chiqarayotgani, ish hajmini hamda ishlab chiqarish normasini bajara olmayotganini va hokazolarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar) bilan tasdiqlanishi lozim;

agar xodim unga topshirilgan ishni uddalasa, mehnat shartnomasini MK 161-moddasi ikkinchi qismining 3-bandi bo‘yicha bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Аttestatsiya komissiyasining xulosasi xodimning malakasi etarli emasligini tasdiqlovchi dalillardan biri bo‘lib, u ish yuzasidan barcha dalillar yig‘indisi asosida sud tomonidan baholanadi. Bunda sudlar attestatsiyani o‘tkazish bo‘yicha o‘rnatilgan tartibga rioya etilganini tekshirmoqlari kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining qarori, 20.11.2023-yildagi 26-son

  Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

“E-AUKSION SHOP” ELEKTRON SAVDO DO‘KONI ORQALI MOL -

personmaftuna 28-06-24, 00:05
0 “E-AUKSION SHOP” ELEKTRON SAVDO DO‘KONI ORQALI MOL - MULKLARINGIZNI SODDALASHTIRILGAN TARTIBDA SOTING!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-oktabrdagi 526-sonli qaroriga asosan davlat daromadiga...

AYRIM ХORIJIY MUTAХASSISLARNI JALB QILGANLIK UCHUN TOʻLOV

personmaftuna 20-02-25, 11:35
0 AYRIM ХORIJIY MUTAХASSISLARNI JALB QILGANLIK UCHUN TOʻLOV UNDIRILMAYDI

Vazirlar Mahkamasining 22.02.2025-yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va...

OMMAVIY TADBIRLARNI OʻTKAZISH QOIDALARIGA OʻZGARTIRISHLAR

personmaftuna 29-09-24, 20:11
0 OMMAVIY TADBIRLARNI OʻTKAZISH QOIDALARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITILDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentyabrdagi “Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolarning...

menu
menu