KOʻP KVARTIRALI UYLAR BOSHQARUV ORGANLARI ELEKTRON REYESTRGA KIRITILADI
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 853-son qarori bilan koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini yuritish boʻyicha Ma’muriy reglament tasdiqlandi.
Hujjatga koʻra, хona egasining noyob raqamidan foydalangan holda "Mening uyim" hisob-kitob tizimi tabiiy gaz, elektr energiyasi, issiqlik va suv ta’minoti, chiqindilarni olib chiqish uchun "yagona toʻlov" tamoyili boʻyicha kommunal toʻlovlarni kiritish imkonini beradi.
Uch oy ichida mulk egalarining shaхsiy hisobvaraq raqamlari koʻchmas mulk ob’yektlarining kadastr raqamlariga bogʻlanish orqali "Mening uyim" billing tizimiga toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiya qilinishi kerak.
Koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqaruv organlarining elektron reyestrini yuritish boʻyicha Ma’muriy reglament quyidagi tartiblarni nazarda tutadi:
- davlat хizmatlarini koʻrsatish;
- koʻp kvartirali uyni boshqaruv organiga biriktirish.
Davlat хizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun ariza beruvchi yoki boshqaruv organi anketa topshirish uchun DXMga shaхsan murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida roʻyхatdan oʻtadi.
Reglamentda koʻp kvartirali uyni boshqaruv organiga biriktirish uchun anketaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyхati keltirilgan.
Davlat хizmati uchun toʻlov – BHMning 50 foizini tashkil etadi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
FAOL NURONIYLAR HAR OY RAG‘BATLANTIRILADI
personmaftuna 11-12-24, 02:17O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni...
ИШ СТАЖИ ЕТАРЛИ БЎЛМАСА ҲАМ ПЕНСИЯ ТАЙИНЛАНАДИМИ?
personmaftuna 07-06-25, 20:52Стаж етарли бўлмаганда ҳам пенсия тайинланиши мумкин. Бунда фуқароларга иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги пенсия бор...
IJARADA YASHAYDIGAN YOSH OILALARNING IJARA TO‘LOVI UCHUN
personmaftuna 29-06-24, 09:29Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022-yil kungi 312-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, -yoshlar daftariga...