SIFATI, ASSORTIMENTI VA NAVI LOZIM DARAJADA BO‘LMAGAN TOVARLARNI (ISHLARNI, XIZMATLARNI) YETKAZIB BERGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
Agar yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar sifati, assortimenti va navi bo‘yicha standartlar, texnik shartlar, namunalarga (etalonlarga) qonunchilikda yoki xo‘jalik shartnomasida belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, sotib oluvchi (buyurtmachi) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilish hamda ularning haqini to‘lashni rad etib, yetkazib beruvchidan (pudratchidan) sifati, assortimenti va navi lozim darajada bo‘lmagan tovarlar (ishlar va xizmatlar) qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirib olishga, agar tovarlar (ishlar va xizmatlar) haqi to‘lab qo‘yilgan bo‘lsa, to‘langan summani belgilangan tartibda qaytarishni talab qilishga haqlidir. Sifati, assortimenti va navi lozim darajada bo‘lmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berganlik uchun jarima yetkazib beruvchidan (pudratchidan) akseptsiz tartibda undirib olinadi.Jarimani undirish to‘g‘risidagi to‘lov talabnomasi bank muassasasiga tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) sifati, assortimenti va navi lozim darajada emasligi to‘g‘risidagi dalolatnoma tuzilgandan keyin o‘n kun ichida taqdim etiladi. Jarimani undirish to‘g‘risidagi to‘lov talabnomasi belgilangan o‘n kunlik muddatni buzgan holda taqdim etilgan hollarda, jarimani undirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
D.AZAMATOVA,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
FARZANDINI XUSUSIY BOG‘CHA VA MAKTABLARGA BERADIGAN
personmaftuna 07-02-25, 13:43Prezident tomonidan imzolangan qonunga ko‘ra, soliq to‘lovchining farzandlariga nodavlat maktabgacha ta'lim...
IJTIMOIY HIMOYA YAGONA REESTRI
personmaftuna 18-03-24, 01:3718 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola 3 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi, kam...
MEHNAT SHARTNOMASI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT
personmaftuna 30-09-24, 02:10Mehnat shartnomasi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi taraflarning o‘zaro huquqlari hamda majburiyatlarini belgilovchi...