Kuzatuvchi » Siyosiy » ISH HAQI SAQLANMAYDIGAN TA'TILNI 6 OYGACHA OLSA BO‘LADI

ISH HAQI SAQLANMAYDIGAN TA'TILNI 6 OYGACHA OLSA BO‘LADI

Mehnat kodeksining 241-moddasiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta'til deganda xodimning ish o‘rni (lavozimi) saqlanib qolgan holda haq to‘lanmaydigan ta'til tushuniladi. Xodimning yozma arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmaydigan ta'til berilishi mumkin bo‘lib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u ish haqi saqlanmaydigan oxirgi ta'til berilgan kundan e'tiboran kalendar' yil davomida uzluksiz yoki jamlangan holda uch oydan oshmasligi kerak. Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, karantin choralari amalga oshirilayotgan, favqulodda holat joriy etilgan davrda va butun aholining yoki uning bir qismining hayotiga yoxud normal yashash sharoitlariga tahdid soluvchi boshqa hollarda xodimning yozma arizasiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta'tilning uzluksiz yoki jamlangan davomiyligi ko‘paytirilishi, biroq ko‘pi bilan olti oygacha ko‘paytirilishi mumkin


K.ISMOILOV,

 Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

AYOLLAR DAFTARI"DAN CHIQARISH UCHUN ASOS BO‘LADIGAN HOLATLAR

personmaftuna 27-03-24, 10:55
0 AYOLLAR DAFTARI"DAN CHIQARISH UCHUN ASOS BO‘LADIGAN HOLATLAR

Vazirlar Mahkamasining 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, xotin-qizlar quyidagi hollarda «Ayollar...

АЙБСИЗ ОДАМНИ ЖИНОИЙ ЖАВОБГАРЛИККА ТОРТГАН ШАХСЛАРНИНГ

personmaftuna 30-09-24, 16:55
0 АЙБСИЗ ОДАМНИ ЖИНОИЙ ЖАВОБГАРЛИККА ТОРТГАН ШАХСЛАРНИНГ ЎЗЛАРИ ЖАВОБГАРЛИККА ТОРТИЛАДИ !

Жиноят кодексининг 230-моддасига кўра, суриштирувчи, терговчи ёки прокурор томонидан айбсизлиги аён бўлган шахсни...

ЮРИДИК ШАХС МАҚОМИГА ЭГА БЎЛМАГАН КАСАБА УЮШМАЛАРИ

personmaftuna 15-12-24, 18:04
0 ЮРИДИК ШАХС МАҚОМИГА ЭГА БЎЛМАГАН КАСАБА УЮШМАЛАРИ ТАШКИЛОТЛАРИ ҲИСОБГА ҚЎЙИЛАДИ

Қонун (ЎРҚ-942-сон, 13.08.2024 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига қўшимчалар ва ўзгартириш киритилди. Солиқ кодексига...

menu
menu