Kuzatuvchi » Siyosiy » IJTIMOIY HIMOYA YAGONA REESTRI

IJTIMOIY HIMOYA YAGONA REESTRI

18 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola 3 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam hamda un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pulli kompensatsiyani tayinlash «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali aniqlanadi. «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan oilalarga quyidagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar bepul yoki imtiyozli shartlarda ko‘rsatiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.08.2020-yildagi PQ-4797-son qaroriga muvofiq,  “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan oilalarga bepul yoki imtiyozli shartlarda davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar to‘lovidan ozod etish, maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan miqdorlarda ota-onalar to‘lovini to‘lash, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsliklar ijara to‘lovlaridan ozod etish, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki kiyim-bosh berish, ayrim fanlarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta maktablar o‘quvchilarini ovqatlanish xarajatlaridan ozod etish, san’at maktablari, musiqa maktablari, «Barkamol avlod» markazlari va boshqa maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘qish xarajatlaridan ozod etish, kam ta’minlangan oilalarning nogironligi bo‘lgan a’zolarini protez — ortopediya moslamalari bilan ta’minlash, ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida bepul maxsus (ambulator yoki kunduzgi) tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘llanma (order) olishlar ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar belgilangan.  

Ixlosbek ESHCHANOV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

“YASHIL ENERGIYA” SERTIFIKATLARI SAVDOSIDAN TUSHGAN

personmaftuna 22-02-24, 07:00
0 “YASHIL ENERGIYA” SERTIFIKATLARI SAVDOSIDAN TUSHGAN DAROMADLARDAN FOYDA SOLIG‘I OLINMAYDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-906-son, 07.02.2024-y.) bilan ayrim qonun...

BILASIZMI?

personmaftuna 18-09-24, 19:21
0 BILASIZMI?

Qonunchilikka ko‘ra, elektr energiyasi uchun to‘lovni maishiy iste’molchilar har oyning 10-sanasiga qadar o‘tgan oyda...

TIBBIYOT XODIMLARI MEHNATINI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA

personmaftuna 18-03-24, 01:49
0 TIBBIYOT XODIMLARI MEHNATINI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISH

Tibbiyot xodimlari uchun ish vaqtining haftasiga o‘ttiz olti soatdan ortiq bo‘lmagan qisqartirilgan davomiyligi...

menu
menu